“UzAvto” brendidan foydalanish huquqiga ega boʻladigan MChJ shaklidagi boshqaruv kompaniyalari tashkil etiladi
8 iyul kuni tasdiqlangan Hukumat qaroriga koʻra, 2019 yil yakunlariga koʻra, "Oʻzavtosanoat" AJ aksiyalari boʻyicha dividendlarni sof foydaning 30 foizi miqdorida hisoblash va toʻlash muddati penya hamda foizlar hisoblanmasdan 2020 yil 31 dekabrgacha etib belgilandi.

8 iyul kuni “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, qishloq xoʻjaligi mashinasozligini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini qayta koʻrib chiqish va unifikatsiya qilish, ularning sifatini yaxshilash, tannarxini pasaytirish va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlarining rentabelligini oshirish asosiy yoʻnalishlardan biri etib belgilandi.
Qarorga koʻra, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning quyidagi ulushlari (aksiyalari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilishi hamda agentlik tomonidan “Oʻzavtosanoat” AJga:
Ustav kapitalidagi davlat ulushlari uch yil muddatga ishonchli boshqauvga beriladi:
• “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ;
• “Agregat zavodi” AJ;
• “Texnolog” AJ;
• “Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi" AJ,
• “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ;
• “Agrosanoatmashinvest” MChJ.
Ustav kapitalidagi davlat ulushlari savdoga quyiladi:
• “Urganchozuqamash” AJ;
• “Agrotex-lit” MChJ.
Faoliyati tugatiladi:
• “Agrotexmash-DD” MChJ;
• “Agromash sanoat invest” MChJ.
Bundan tashqari, “Oʻzavtosanoat” AJning oʻz nomlarida “UzAvto” brendidan (tovar belgisidan) foydalanish huquqiga ega boʻladigan MChJ shaklidagi boshqaruv kompaniyalari tashkil etiladi.
Qaror bilan, 2019 yil yakunlariga koʻra, "Oʻzavtosanoat" AJ aksiyalari boʻyicha dividendlarni sof foydaning 30 foizi miqdorida hisoblash va toʻlash muddati penya hamda foizlar hisoblanmasdan 2020 yil 31 dekabrgacha etib belgilandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

