| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi83 marta oʻqildi

Ravon Qozogʻistonda yangi avtomobillar savdosi reytingining birinchiligini egalladi

Oʻtgan yilda Qozogʻistonda 3 536 dona Ravon Nexia R3 avtomobillari sotilgan. Ravon bozorda yetakchilik qiluvchi brendlar TOP-5taligiga kirgan.

Ravon Qozogʻistonda yangi avtomobillar savdosi reytingining birinchiligini egalladi

Qozogʻiston avtomobil bozorida iyunda sotuvlar oʻsishi 2019 yilning shu davridagiga qiyoslaganda 36,7 % tashkil qildi. Bozorda yetakchilikni Ravon qoʻldan bermay kelayotir – brend 2020 yil ikkinchi choragida yangi avtomobillar savdosi reytingining birinchi pogʻonasini egalladi. Yanvar-iyun oylari natijalariga koʻra, avtomobillar sotuvi oʻtgan yildagiga qaraganda 369 donadan 4 195 donaga yetgan. Uchta eng joʻshqin oʻsish koʻrsatganlar ichida Chevrolet ham bor – 612 dona (+33%).

Yengil avtomobillar modellari kesimida ikkinchi chorak yakunlari boʻyicha Ravon R3 yetakchilik qilmoqda – 2 041 dona sedan.

Eslatib oʻtamiz, may oyida aynan Ravon Nexia R3 Qozogʻistonda sotiladigan yengil avtomobillar top-10taligida birinchi oʻrinda turgandi – oʻshanda mamlakatda 1007 dona model sotilgan.

Jami oʻtgan yilda Qozogʻistonda 3 536 dona Ravon Nexia R3 avtomobillari sotilgan. Ravon bozorda yetakchilik qiluvchi brendlar TOP-5taligiga kirgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ