Birjada sement narxi ketma-ket tushishda davom etmoqda
Birjada barcha markali sement narxi 724,0 ming soʻmgacha pasaydi. Oʻtkazilgan birja savdolariga jami 38,7 ming tonna sement mahsulotlari qoʻyilgan boʻlib, ulardan 99% sotilgan.

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida joriy yilning 30 iyunida oʻtkazilgan savdo yakunlariga koʻra barcha markali sementning oʻrtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 754,0 ming soʻmdan 724,0 ming soʻmgacha, yaʼni 4 foizga pasaydi.

Birjada sement narxi tusha boshladi
Sement narxining shakllanishiga birja tomonidan har bir xaridor uchun 114,0 tonna miqdoridagi kunlik limitning qoʻllanilishi oʻz ijobiy taʼsirini koʻrsatdi. Xususan, oʻtgan savdolarda sement mahsulotini xarid qilgan ishtirokchilarning soni deyarli ikki barobarga koʻpayib, 540 nafarni tashkil etdi.
Umuman olganda, oʻtkazilgan birja savdolariga jami 38,7 ming tonna sement mahsulotlari qoʻyilgan boʻlib, ulardan 37,8 ming tonnasi, yaʼni 99 foizi sotildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

