| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi

“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Agentlik) muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi

15 iyun kuni “Xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini taʼminlash uchun sotishdan oldin tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish va salohiyatli investorlarga sotish orqali xususiylashtirishning muvaffaqiyatli natijalarini taʼminlash boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Agentlik) muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

Kompaniyaning ustav kapitali Agentlik huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi hisobidan 20,0 mlrd soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari hamda tegishli korxonalarning davlat aksiya paketlari (ulushlari) nominal qiymatida berish hisobiga shakllantiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ