| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Buxorolik 5,3 mingdan ziyod ishlar oʻz ishiga ega boʻldi

Karantin davrida ish oʻrnini yoʻqotgan yoki xorijdagi muhojirlikdan qaytgan yoshlar ishga joylashtirildi. Joriy yil yakunlanadigan “Buxoro siti” tarkibidagi “Karvon shopping” savdo majmuasida 3 mingga yaqin doimiy ish joyi ochilishi rejalashtirilmoqda.

Buxorolik 5,3 mingdan ziyod ishlar oʻz ishiga ega boʻldi

Buxoro viloyatida joriy yil boshida 13 ming 374 nafar ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha “Manzilli reja”, “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgan edi. Ilk natijalarga koʻra, joriy yilning oʻtgan davrida viloyatda 11 ming 444 nafar ishsiz yoshlar doimiy ish oʻrni va barqaror daromad manbaiga ega boʻldi.

Karantin davrida ish oʻrnini yoʻqotgan yoki xorijdagi muhojirlikdan qaytgan 5,3 mingdan ziyod yoshlarga bilan ishlashga masʼul mutasaddilar bilan muloqotda bu borada Buxoroda hali ishga solinmagan imkoniyat-u salohiyat katta ekani taʼkidlandi. Uch kun ichida barcha tuman-shaharlarda oʻrganishlar olib borilib, ish beruvchilar va ishsiz yoshlar kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyishga kirishildi.

Ayni paytda katta qurilish maydoniga aylangan Buxoro shahrining oʻzida koʻp qavatli 157 ta uy, 866 ta savdo va xizmat koʻrsatish obʼyektlari qurilmoqda. Mana shu qurilish jarayonining oʻzida esa qurilish-pudrat tashkilotlari qariyb 430 dan ziyod boʻsh ish oʻrniga ega: qay biriga gʻisht teruvchilar, kimgadir paydvandchilar, yana boshqasiga suvoqchilar kerak. Viloyatda esa shu ishlarni eplaydigan, xorijdagi katta qurilish maydonlarida chiniqqan va ayni paytda ishsiz yoshlar kam emas.

Ilk muloqot 82 ta qurilish tashkiloti rahbarlari 180 nafar ishsiz yoshlar oʻrtasida kechdi. Natijada esa dastlabki kunning oʻzida qariyb 100 nafar yigit sharif shahardagi qurilish obʼyektlariga ishga qabul qilindi.

Maʼlumot uchun, bu yil Buxoro shahridagi 866 ta savdo va xizmat koʻrsatish obʼyektlari qurilib, ishga tushirilgach, minglab yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Birgina “Buxoro siti” tarkibidagi “Karvon shopping” savdo majmuasida 3 mingga yaqin doimiy ish joyi ochiladi. Ularning aksariyatida yoshlar ish boshlaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ