Barcha yangiliklar
2 000 ta material

Sergeli metrosining ilk sinovi boshlandi
Sergeli yoʻnalishi bir kunda qariyb 35 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Mazkur yer usti metrosi orqali yoʻlovchilar Buyuk ipak yoʻli bekatidan toʻgʻridan-toʻgʻri Sergeliga bora oladilar.

Eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlar roʻyxati kengaytirildi
Yangi mahsulotlar joriy yilning noyabr-dekabr oylarida eksport qilinganda, mahsulot eksport qiymatining (transport xarajatlarisiz) avtomobil transportida 5 foizidan, temir yoʻl transportida 7 foizidan va havo transportida 6 foizidan yuqori boʻlmagan qismi kompensatsiya qilib beriladi.

Davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligi har 6 oyda baholab boriladi
Baholash Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan olib boriladi.

Fargʻonada yetishtirilgan pomidor va qalampirning Rossiyaga olib kirilishi taʼqiqlandi
Oʻzbekistonning ushbu hududidan olib kelingan pomidor va qalampirlarda jigarrang burushiqlik virusi borligi aniqlangan. Fargʻona pomidor va qalampirlariga taʼqiq shuning uchun qoʻyilgan.

Davlat soliq qoʻmitasi organida korrupsiya holatlari koʻproq qaysi yoʻnalishda kuzatilmoqda?
Davlat soliq qoʻmitasi korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlashga qaratilgan soʻrovnoma oʻtkazdi. Ushbu soʻrovnoma ikki tilda oʻtkazilgan boʻlib, 47 192 marotaba javob berilgan.

Ruslanbek Davletov bilan oʻtgan onlayn muloqotda 1500 ta savol kelib tushgan
Onlayn muloqotda murojaatlar oqimining kattaligi va vaqt chegaralanganligi bois, muloqot davomida tilga olinmay qolgan savollarga fuqarolarning shaxsiy manziliga albatta javob yuborilishi, hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmasligi taʼkidlandi.

"Lukoyl" kompaniyasi Oʻzbekistondagi gaz qazib olishni loyihalashtirilgan darajada deyarli qayta tikladi
Gazni eksport qilish uchun Xitoyga joʻnatish oʻrniga, kompaniya uni Oʻzbekistonning ichki bozorida sotdi.

Odilbek Isoqov: 2021 yilda 5 trln soʻmlik davlat gʻaznachilik obligatsiyalari va 700 mln dollarga xalqaro yevrobondlarni joylashtirish rejalashtirilgan
Yevrobondlarni joylashtirishdan tushadigan mablagʻlar byudjet kamomadini qoplashga, shuningdek, 2021 yilda Oʻzbekistonni barqaror rivojlantirish uchun amalga oshiriladigan qator loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi/

Shavkat Mirziyoyev elektr tarmoqlarida uzilishlarning oldini olish maqsadida energetika sohasini raqamlashtirish ishlarini tezlashtirishni topshirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 noyabr kuni neft-gaz kimyo sanoatidagi istiqbolli loyihalar holatiga oid taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda Prezident elektr tarmoqlarida yoʻqotishlarni ancha qisqartirish, gaz-kimyo sohasini 2021 yilda rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarini belgilash, loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish boʻyicha aniq topshiriqlar berdi.

Toshkentda ommaviy qabullar haftaligi boshlandi
Toshkent shahri aholisini qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganish maqsadida Xalq qabulxonalari tomonidan ommaviy qabullar haftaligi boshlandi. Haftalikning ilk kunida poytaxt aholisining murojaatlari eshitildi va ularni hal qilish maqsadida ishlar boshlab yuborildi.

“Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish va biologik qarindoshlikni aniqlash maqsadida genomga oid axborotga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat hisoblanadi.

2021 yilda Davlat byudjeti daromadlari 147 trillion soʻm boʻlishi kutilmoqda
“2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan koʻrib chiqildi va birinchi oʻqishda qabul qilindi. Majlisda Bosh vazir Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.

Laylo Rustamova: Elektron kundalikning joriy etilishi bilan qogʻoz kundalikdan voz kechilmoqda
“Ota-onalar har doim oʻz farzandlari uchun zarur barcha narsalarni oʻzlari xarid qilib kelishgan. Elektron kundalikning joriy etilishi bilan qogʻoz kundalikdan voz kechilmoqda. Bunda qogʻozli kundalikning oʻrtacha bahosi hisobi olinib, uning elektron muqobili uchun yillik obuna 9200 soʻmga baholanmoqda”, deb javob berdi Laylo Rustamova ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlayotgan elektron kundalik haqidagi savollarga.

Oʻzbekistondan yengil avtomobillar eksporti asosan Qozogʻistonga amalga oshirilgan
10 oy ichida avtomobil eksporti 66,8 foizga oshgan boʻlib, 50,9 mln dollarni tashkil qilgan. Qozogʻistonga 11 048 dona avtomobil eksporti amalga oshirilgan.

Elektr energiyasidan qarzdorligi koʻpayib ketgan viloyatlarning qarz miqdori maʼlum qilindi
AOKAda boʻlib oʻtgan tadbirda elektr energiyasidan qarzdorlik boʻyicha yetakchilik qilayotgan viloyatlar roʻyxati va ularning qarz miqdori haqida maʼlumot berildi.

Yevropa investitsiya banki tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadadi 100 mln dollar ajratadi
Oʻzbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan kichik va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarini favqulodda qoʻllab-quvvatlash maqsadadi “Yevropa investitsiya banki 15 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davri bilan kredit liniyasini taqdim etadi.

Oʻzbekistondan xorijga 10 ming tonnaga yaqin quritilgan sabzi eksport qilingan
Oʻzbekiston quritilgan sabzi eksporti asosan toʻrtta davlatga amalga oshirilgan. Shuningdek, joriy yilda oʻtgan yilga nisbatan 6,8 ming tonnaga koʻp quritilgan sabzi xorijga sotilgan.

Tovar va xizmatlarni eksport qilgan korxonalarga qoʻshilgan qiymat soligʻi valyuta tushumini kutmasdan qaytarib beriladi
Xizmatlar boʻyicha yillik tushumi 1 milliard soʻmdan kam boʻlgan tadbirkorlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini chorak yakuni boʻyicha toʻlash tartibi davom ettiriladi. Ushbu chora 8 mingdan ziyod tadbirkor ixtiyorida bir chorakda 220 milliard soʻm aylanma mablagʻ qolishiga imkon beradi. Bu haqda bugun, 24 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Moliya vazirligi 1 trillion soʻmni oilaviy tadbirkorlik uchun resurs sifatida banklarga joylashtiradi
«Har bir hududda tadbirkorlikni rivojlantirishning katta resurslari bor. Faqat uni ishga solish kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Narzulla Oblomurodov: Moratoriy davrida 188 943 tup daraxt va butalarni kesishga ruxsat soʻralgan murojaatlar kelib tushdi
11 oy davomida tabiatga 9 787,2 mln soʻm miqdorida zarar yetkazilgan. Bu haqda AOKAda oʻtgan matbuot anjmunida maʼlum qilindi.

Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatiga 10 yoshdan katta bolalar qabul qilinadi
Bolalarni kunduzgi vaqtda parvarish qilish ota-onalar bilan xizmat oʻrtasida tuzilgan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.

Davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga taʼlim muassasasini bitirayotganda BHMning 100 baravari miqdorida bitiruv nafaqasi beriladi
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston joriy yil yanvar-oktyabr oylarida qancha oltin import qilgani maʼlum qilindi
2020 yil yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston importining hajmi 16,7 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi
Ogʻirligi 5, 10, 20 va 50 gramm boʻlgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqariladi. Haftani koʻtarilish bilan boshlagan oltin quymalar narxi bugun pastladi.

Tirbandlik kuzatilayotgan koʻp qatorli yoʻllarning bir qismini jamoat transporti uchun ajratiladi
23 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan taqdimotda markaziy koʻchalarda parkomatlar tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, piyodalar va velosipedlar yoʻlakchalarini koʻpaytirish muhimligi qayd etildi.
