| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi132 marta oʻqildi

Oʻzbekistonning «Ideal» brendi mahsulotlari Saudiya Arabistoniga eksport qilinadi

Oʻzbekistonning «Ideal» brendi mahsulotlari bugungi kunda Germaniya, Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilinmoqda.

Oʻzbekistonning «Ideal» brendi mahsulotlari Saudiya Arabistoniga eksport qilinadi

Oʻzbekistonning «Ideal» brendi mahsulotlarini Saudiya Arabistoni bozoridan munosib joy olishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonning Ar-Riyoddagi elchixonasi tomonidan mamlakatimizning «Istiqlol Tekstil Dizayn LLC» kompaniyasi, Saudiya Arabistoni Podshohligining «Al-Fath Al-Inmaiya» muassasasi va «Yahya Azam Jalal» chakana savdo shirkati vakillari oʻrtasida videomuloqot tashkil etdi.

Uchrashuvda «Ideal» brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularni ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati taqdim etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Suhbat chogʻida «Ideal» brendi mahsulotlari bugungi kunda ISO 9001 xalqaro sertifikatiga egaligi, yaqin kunlarda BSCI sertifikatini olishi, Germaniya, Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilinayotgani, ishlab chiqarish va marketing jarayoniga xorijiy davlatlardan yuqori tajribali mutaxassislar jalb etilganiga eʼtibor qaratildi.

Oʻz navbatida, «Al-Fath Al-Inmaiya» muassasasi rahbari Akmal Jalol Oʻzbekistonga qilgan safarlari doirasida «Istiqlol Tekstil Dizayn LLC» kompaniyasi mahsulotlari bilan yaqindan tanishganini aytib, ularning sifatiga yuqori baho berdi.

Saudiyalik tadbirkor dastlab Jidda va Madina shaharlarida «Ideal» brendi savdo doʻkonlarini ochish taklifini berdi. «Istiqlol Tekstil Dizayn LLC» kompaniyasi asoschisi Baxtiyor Umarov esa ushbu loyihani franchayzing orqali saudiyalik hamkorlar bilan amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Muloqot davomida oʻzaro manfaatli va samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida saudiyalik ishbilarmonlar Oʻzbekistonga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishi, Podshohlik bozoriga mos kiyim-kechak va poyafzal mahsulotlari boʻyicha buyurtma berishi boʻyicha kelishib olindi. Shuningdek, «Istiqlol Tekstil Dizayn LLC» kompaniyasi mutaxassislari ham Saudiya Arabistonida boʻlib, Jidda va Madina shaharlarida «Ideal» brendi mahsulotlari uchun savdo inshootlarini tanlash, ularni jihozlash va boshqa tizimli ishlarni amalga oshirishda qatnashadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ