Davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga taʼlim muassasasini bitirayotganda BHMning 100 baravari miqdorida bitiruv nafaqasi beriladi
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar taʼlim muassasalari (davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar)da, shuningdek OTMda taʼlim-tarbiya oladigan muddatda toʻliq davlat taʼminotida boʻladi.
Taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida (446 ming soʻm) pul mablagʻlari toʻlanadi.
Toʻliq davlat taʼminoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash, shuningdek, transportda yurish kartochkalaridan iborat boʻladi.
Davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga taʼlim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun BHMning 100 baravari (22 mln 300 ming soʻm), yoʻl xarajatlari uchun BHMning 5 baravari (1 mln 115 ming soʻm) miqdorida bitiruv nafaqasi beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

