| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi126 marta oʻqildi

Oʻzbekiston joriy yil yanvar-oktyabr oylarida qancha oltin import qilgani maʼlum qilindi

2020 yil yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston importining hajmi 16,7 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Oʻzbekiston joriy yil yanvar-oktyabr oylarida qancha oltin import qilgani maʼlum qilindi

Oʻzbekiston eksportining 43,5% ulushini oltin tashkil qiladi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasining 2020 yil yanvar-oktyabr oylari davomidagi tashqi savdo aylanmasi haqidagi maʼlumotida keltirilgan.

Soʻnggi ikki oy davomida oltin eksport qilinmagan boʻlsa-da, jami 13,3 mlrd dollarni tashkil qilgan eksport hajmining 5,8 mlrd dollar qismi oltin eksportiga tegishli. 2018 yilning shu davrida bu koʻrsatkich 15,1 foizga, 2019 yilda esa 28,1 foizga teng boʻlgan.

Yanvar-oktyabr oylari boʻyicha Oʻzbekiston importining hajmi 16,7 mlrd dollarni tashkil qilib, shundan 25,3 mln dollar oltin importiga toʻgʻri keladi.

Bu vaqt oraligʻidagi eksport hajmining eng katta qismini oltin egallagan boʻlsa, importning 37,8 foiz ulushini mashinalar va transport asbob-uskunalar tashkil qilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ