| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi62 marta oʻqildi

“Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi

Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish va biologik qarindoshlikni aniqlash maqsadida genomga oid axborotga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat hisoblanadi.

“Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi

Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish biologik materialni olish, undan foydalanish, uni saqlash va yoʻq qilish, shuningdek odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish va (yoki) biologik qarindoshlikni aniqlash maqsadida genomga oid axborotga ishlov berish va uni muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan, davlat organlari va muassasasi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat hisoblanadi.

Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari quyidagilardan iborat:

  • tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sud;

  • Ichki ishlar, Adliya, Sogʻliqni saqlash vazirliklarining sud-ekspertiza muassasalari.

Ichki ishlar vazirligi genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • birinchi bosqichda biologik materialni olish amalga oshiriladi;

  • ikkinchi bosqichda biologik materialdan genomga oid axborot olinadi;

  • uchinchi bosqichda genomga oid axborot Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.

Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish ixtiyoriy (pulli asosda) va majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olish tarzida amalga oshiriladi.

Qonun 2023 yil 1 yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ