| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi95 marta oʻqildi

Eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlar roʻyxati kengaytirildi

Yangi mahsulotlar joriy yilning noyabr-dekabr oylarida eksport qilinganda, mahsulot eksport qiymatining (transport xarajatlarisiz) avtomobil transportida 5 foizidan, temir yoʻl transportida 7 foizidan va havo transportida 6 foizidan yuqori boʻlmagan qismi kompensatsiya qilib beriladi.

Eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlar roʻyxati kengaytirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Eksport faoliyatini yanada koʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4707-sonli qaroriga muvofiq, mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish xarajatlarini 50 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladigan mahsulotlar roʻyxati tasdiqlangan.

Shuningdek, mazkur qaror bilan Hududlar va tarmoqlar eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi Respublika komissiyasiga eksport qilishda transport xarajatlari boʻyicha subsidiya taqdim etiladigan mahsulotlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilgan.

Shunga koʻra, Respublika komissiyasining 2020 yil 13 noyabrdagi 24/1-2371-sonli bayoniga muvofiq, eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlar roʻyxati kengaytirilib, qoʻshimcha aralashma ip (5206), jut ip (5307), bambukli ip (5308), sintetik ip (5509-5510), bosh kiyim va boshqalar (6504-6506) TIF TH kodlari ham mazkur roʻyxatga kiritildi, deb xabar bermoqda «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati.

Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan qoʻshimcha yangi mahsulotlar joriy yilning noyabr-dekabr oylarida eksport qilinganda, mahsulot eksport qiymatining (transport xarajatlarisiz) avtomobil transportida 5 foizidan, temir yoʻl transportida 7 foizidan va havo transportida 6 foizidan yuqori boʻlmagan qismi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda kompensatsiya qilib beriladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan mahsulotlarni eksport qilishdagi transport xarajatlarini bir qismini hamda mahsulot eksport qiymatiga belgilangan kompensatsiya miqdorini olish uchun markazlashgan holda «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasiga murojaat qilishi mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ