| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi227 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyev elektr tarmoqlarida uzilishlarning oldini olish maqsadida energetika sohasini raqamlashtirish ishlarini tezlashtirishni topshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 noyabr kuni neft-gaz kimyo sanoatidagi istiqbolli loyihalar holatiga oid taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda Prezident elektr tarmoqlarida yoʻqotishlarni ancha qisqartirish, gaz-kimyo sohasini 2021 yilda rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarini belgilash, loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish boʻyicha aniq topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev elektr tarmoqlarida uzilishlarning oldini olish maqsadida energetika sohasini raqamlashtirish ishlarini tezlashtirishni topshirdi

Neft-gaz kimyosi – qoʻshimcha qiymat yaratadigan, eksportda katta oʻrin tutadigan tarmoq. Oʻzbekistonda xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlab, iqtisodiy samaradorlikni koʻpaytirish maqsadida koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash boʻyicha qariyb 9 milliard dollarlik 52 ta loyiha belgilangan. Shundan 15 tasi noorganik kimyo, 23 tasi organik kimyo, 12 tasi polimerlar boʻyicha. Yana bir loyihaga koʻra, yangi turdagi polimer mahsulotlar boʻyicha ilmiy tadqiqot va tajribalar oʻtkazib, loyihalarni bevosita ishlab chiqarishga joriy etadigan hamda yetuk mutaxassislar tayyorlaydigan innovatsion markaz tashkil qilinadi.

Taqdim etilgan barcha loyihalar samarasida 4,1 milliard dollar qiymatidagi mahsulotlar ishlab chiqarilib, 1,1 milliard dollarlik import oʻrni toʻldirilishi va 1,45 milliard dollarlik eksport taʼminlanishi mumkin. Jami 6 ming 500 ga yaqin ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan.

Koʻpikli polipropilen, yogʻoch-polimerli kompozit list, vodorod peroksidi, karboksimetilsellyuloza asosida reagentlar, karbamid formaldegid konsentrati, sulfat kislota, karbonat angidrid gazidan soda ishlab chiqarish kabi istiqbolli loyihalar kelgusi yili ishga tushiriladi. Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol zavodining 2-bosqichi hamda kompressorni yuvuvchi sanoat moyi korxonasi boʻyicha ishlar boshlanadi.

Taqdimotda mazkur loyihalar ijrosining borishi, bu boradagi xalqaro kelishuvlar natijalari yuzasidan axborot berildi.

Davlatimiz rahbari ularni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun xorijiy hamkorlar va investorlar bilan ishlarni jadallashtirish kerakligini taʼkidladi.

Xomashyo bazasini mustahkamlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini tushirib, ichki va tashqi bozorda raqobatdoshligini oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Tarmoqlar rahbarlarining xomashyoni chuqur qayta ishlash hamda tashqi bozorda xaridorgir boʻlgan, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan yangi loyihalarni ishlab chiqish borasidagi faoliyati tanqidiy baholandi.

Shu munosabat bilan gaz-kimyo sohasini 2021 yilda rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarini belgilash, loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, elektr tarmoqlarida yoʻqotishlarni ancha qisqartirish va uzilishlarning oldini olish, tarmoq korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida energetika sohasini raqamlashtirish ishlarini tezlashtirish vazifasini qoʻydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ