Oʻzbekistondan xorijga 10 ming tonnaga yaqin quritilgan sabzi eksport qilingan
Oʻzbekiston quritilgan sabzi eksporti asosan toʻrtta davlatga amalga oshirilgan. Shuningdek, joriy yilda oʻtgan yilga nisbatan 6,8 ming tonnaga koʻp quritilgan sabzi xorijga sotilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimizdan 2020 yilning 10 oyida chet elga qiymati 4,5 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan 9,9 ming tonna quritilgan sabzi eksport qilgan.
Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 ming tonnaga koʻp.
Oʻzbekiston quritilgan sabzini eng koʻp eksport qilgan davlatlar: Qozogʻiston – 9,4 ming tonna, Rossiya – 373,1 tonna, AQSh – 131,3 tonna, Germaniya – 26,4 tonna
2020 yilning 1 noyabr holatiga koʻra, quritilgan sabzini eng koʻp eksport qilgan hududlar: Toshkent viloyati – 4,8 ming tonna, Samarqand viloyati – 3,5 ming tonna, Namangan viloyati – 524,6 tonna, Toshkent shahri – 276,9 tonna
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

