| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekistondan yengil avtomobillar eksporti asosan Qozogʻistonga amalga oshirilgan

10 oy ichida avtomobil eksporti 66,8 foizga oshgan boʻlib, 50,9 mln dollarni tashkil qilgan. Qozogʻistonga 11 048 dona avtomobil eksporti amalga oshirilgan.

Oʻzbekistondan yengil avtomobillar eksporti asosan Qozogʻistonga amalga oshirilgan

Mamlakatimizdan 2020 yilning 10 oyida chet elga 127,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi 13 310 dona yengil avtomobil eksport qilingan.

Yengil avtomobil eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln. AQSh dollariga yaʼni 66,8 % ga oshgan. Oʻzbekiston yengil avtomobillari asosan Qozogʻistonga (11 048 dona) eksport qilingan.

Oʻzbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:

- Qozogʻiston – 109,8 mln. AQSh dollari

- Ukraina – 6,4 mln. AQSh dollari

- Ozarbayjon – 6,2 mln. AQSh dollari

- Rossiya – 2,2 mln. AQSh dollari

- Tojikiston – 1,2 mln. AQSh dollari

- Boshqa davlatlar – 1,4 mln. AQSh dollari

Maʼlumot oʻrnida, 2020 yilning 10 oyida mamlakatimizga 392,8 mln. AQSh dollari qiymatidagi 22 228 dona yengil avtomobil import qilingan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ