| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi59 marta oʻqildi

Sergeli metrosining ilk sinovi boshlandi

Sergeli yoʻnalishi bir kunda qariyb 35 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Mazkur yer usti metrosi orqali yoʻlovchilar Buyuk ipak yoʻli bekatidan toʻgʻridan-toʻgʻri Sergeliga bora oladilar.

Sergeli metrosining ilk sinovi boshlandi

Toshkent metropolitenining Chilonzor yoʻnalishi Olmazor bekatidan yangi qurilayotgan Sergeli metro yoʻnalishining soʻngi bekatigacha boʻlgan oraliqda test rejimida poyezd oʻz harakati amalga oshirildi. Bu haqda «Oʻzbekiston 24» telekanalida lavha namoyish etildi.

Sinov jarayonida ustki poʻlat izlarning muntazam harakatlanishga tayyor ekanligi tasdigʻini topdi.

Hozirda bekatlar milliy meʼmoriy koʻrinishdagi koʻrkam holatga keltirilib, soʻnggi montaj va pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonga 1200 nafarga yaqin mutaxassis va ishchi xodimlar, 100dan ortiq mashina va texnika jalb qilingan.

Mazkur yoʻnalish 5ta bekatdan iborat boʻlib, umumiy uzunligi 6,2 km. Yil oxiriga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan mazkur yer usti metrosi orqali yoʻlovchilar Buyuk ipak yoʻli bekatidan toʻgʻridan-toʻgʻri Sergeliga bora oladilar.

Sergeli yoʻnalishi bir kunda qariyb 35 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan.

Qayd etish joizki, Sergeli yer usti metrosining qurilish ishlari 2017 yilda boshlangan edi. Ushbu bunyodkorlik ishlari «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning «Koʻprik qurilish trest» unitar korxonasi tomonidan bajarilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ