Narzulla Oblomurodov: Moratoriy davrida 188 943 tup daraxt va butalarni kesishga ruxsat soʻralgan murojaatlar kelib tushdi
11 oy davomida tabiatga 9 787,2 mln soʻm miqdorida zarar yetkazilgan. Bu haqda AOKAda oʻtgan matbuot anjmunida maʼlum qilindi.

AOKAda oʻtgan matbuot anjmunida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Narzulla Oblomurodov moratoriy davridagi ishlar haqida axborot berdi:
Moratoriy davrida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4018 ta (10 oylik holatiga) murojaat kelib tushgan, murojaatlarda 188 943 tup davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat soʻralgan.
Shuningdek, 20 noyabr holatiga koʻra, jami qonunbuzarliklar soni 3 897 ta, belgilangan jarima — 4 316,1 mln soʻmni tashkil etib, shundan 2 757,4 mln soʻmi undirilgan.
Tabiatga yetkazilgan zarar — 9 787,2 mln soʻmni tashkil etib, shundan 2 942,4 mln soʻmi undirilgan.
Undirilmagan jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida 338 ta holat boʻyicha (6 913,1 mln soʻm) toʻplangan hujjatlar tegishli organlarga (sud, prokuratura, MIB, IIB) kiritilgan.
17 ta holat boʻyicha qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

