| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi208 marta oʻqildi

Fargʻonada yetishtirilgan pomidor va qalampirning Rossiyaga olib kirilishi taʼqiqlandi

Oʻzbekistonning ushbu hududidan olib kelingan pomidor va qalampirlarda jigarrang burushiqlik virusi borligi aniqlangan. Fargʻona pomidor va qalampirlariga taʼqiq shuning uchun qoʻyilgan.

Fargʻonada yetishtirilgan pomidor va qalampirning Rossiyaga olib kirilishi taʼqiqlandi

Rossiyaga Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish taʼqiqlandi, chunki ularda yuqumli virus borligi aniqlangan.

"Rossiyaning Veterinar va fitosanitar nazorat boʻyicha Federal xizmati 2020 yilning 26 noyabridan boshlab Rossiya hududiga Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidan pomidor va qalampirlarni olib kirishni taʼqiqladi. Bunday chora Oʻzbekistonning ushbu hududidan olib kelingan pomidor va qalampirlarda jigarrang burushiqlik virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV) aniqlanishi munosabati bilan amalga oshirilgan", deyilgan rasmiy xabarda.

Rosselxoznadzor ushbu zararkunandaning Rossiya Federatsiyasi hududida tarqalishini oldini olish maqsadida Fargʻona viloyatida yetishtirilgan pomidor va qalampirlarni olib kirishga cheklov oʻrnatdi.

Pomidorlar jigarrang burushiqlik virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV)) - YeOII komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Karantin obʼyektlar Yagona roʻyxatiga kiritilgan. Rosselxoznadzor 2020 yilning 27 iyulidan boshlab ushbu viruslarning mahsulot urugʻlari va koʻchatlari tarkibida boʻlishiga ham taʼqiq kiritgan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ