O'zbekistonning ommaviy yangiliklari: ijtimoiy dasturlar, kambag'allarga yordam, Review.uz saytida O'zbekistonda ijtimoiy hayotning so'nggi yangiliklari
629 ta material

15 avgustdan qaysi viloyatlarga poyezdlar va samolyotlar qatnovi boshlanishi maʼlum qilindi
Yoʻlovchilar chiptalarni temiryoʻl kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishi mumkin.

«Yashil», «sariq» va «qizil» aviareyslar roʻyxati yangilandi
«Yashil» reyslarda - Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiyadan kelganlar karantinga olinmaydi.

Toshkent davlat yuridik universitetida bitta talabaning oʻqishi uchun qancha mablagʻ sarflanadi
Shartnoma pulini toʻlay olmaydigan talabalar uchun moddiy yordam koʻrsatiladi.

Masjidlar, xususiy bogʻcha va maktablar hamda oʻquv markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi
Bunda ushbu muassasalar muayyan sanitariya talablariga boʻysunishlari lozim.

Teatr, kino va konsert zallari ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlay boshlaydi
“Karantin talablari yumshatilayotgan boʻlsa-da, barchamiz ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena talablariga soʻzsiz amal qilishimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev videoselektor yigʻilishida.

Jamoat transportlari, buyum bozorlari, sport zallari faoliyatiga ham ruxsat berildi
Metropolitendan tashqari barcha jamoat transportlarining qatnoviga ruxsat berildi. Shuningdek, yirik savdo doʻkonlari ham oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyadi.

Mehnat vazirligi: Mansabdorlarning 3886 nafariga nisbatan 6,3 mlrd soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi
Davlat mehnat inspeksiya tomonidan mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha joriy yilning 6 oy davomida 8 554ta korxonada 21 455ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Andijonda joriy yil 32 mingdan ortiq yoshlar ish bilan taʼminlandi
Joriy yilning oʻtgan davrida viloyatdagi 4 ming 877 nafar ishsiz yoshlarga dehqonchilik qilishi uchun 91 ta massivdan 658,5 gektar yer ajratib berilgan.

COVID-19 ga qarshi dori vositalari roʻyxatiga oʻzgartirish kiritildi
Hukumatning tegishli qarori bilan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan 5 turdagi tibbiyot buyumlari qoʻshildi.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ “ISO 50001 Energetika menejment tizimlari” xalqaro standartiga ega boʻldi
Jamiyat mutasaddilarining aytishicha, buning uchun tizimda puxta tayyorgarlik koʻrilib, sakkiz bosqichli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Putin bugun koronavirusga qarshi ilk vaksina roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida xabar berdi
Vaksina sinovida Putinning qizlaridan biri ham ishtirok etgan va bir kunda uning tana harorati 38 dan 37 ga tushgan

Oʻzbekistonda masjidlar 15 avgustdan boshlab ochiladi
Karantin qoidalariga amal qilib, ijtimoiy masofani saqlagan holda Oʻzbekistondagi masjidlar birin-ketin ochiladi.

Soʻx tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi
Prezident qarori bilan Soʻx tumani aholisi uchun Fargʻona viloyatining Yozyovon, Qoʻshtepa, Bagʻdod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi.

Buxorodagi qaysi obʼyektlar YuNESKO roʻyxatiga kiritilishi mumkinligi maʼlum qilindi
Buxoro viloyatida joylashgan 7 ta madaniy meros obʼyektini YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish boʻyicha xalqaro mezonlar asosida nomzodlik hujjatlari tayyorlanmoqda.

«Tonirovka» uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma berish boshlandi
Toshkent shahrida 5 avgustdan boshlab transport vositalarining oynalarini qoraytirish jarayoni boshlangan.

«Oʻzkomnazorat» ogohlantiradi: Oʻzbekistonda firibgarlar Telegram foydalanuvchilarini aldashga urinmoqda
Oʻzbekistonda Telegram foydalanuvchilarining akkauntlariga kirib olib, shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash yoki akkauntni qaytarib berish evaziga moʻmay pul ishlashga urinayotgan mobil firibgarlar paydo boʻlgan va bu kabi vaziyatlar haqida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham maʼlum qilgan.

OTMlarga kirish imtihonlari sentabr oyida oʻtishi rejalashtirilmoqda
Test sinovlari boʻlib oʻtadigan stadionlarga soyabonlar oʻrnatiladi.

Mehmonxona biznesi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar uchun yengilliklar yaratildi
2021 yil 1 iyunga qadar mehmonxonalarga toifa olish yoki mavjud toifani oshirish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha xarajatlarni olingan toifani kelgusi 3 yil davomida saqlash sharti bilan 3, 4 va 5 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uchun tegishlicha 5,10 va 15 mln soʻm miqdorida qoplab beriladi.

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi "tonirovka" uchun toʻlovni bekor qilishni taklif qildi
«Milliy tiklanish» partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va partiyaning Mirzo Ulugʻbek viloyatidagi xalq deputatlari Kengashidagi deputatlik guruhi Vazirlar Mahkamasiga ushbu masala boʻyicha taklif yubordi.

Oʻzbekistonda yoʻl qoidalarini buzgan xorijlik transport egalari jarimani qayerga toʻlaydi?
“Yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Bogʻchalar ish faoliyatini boshlash uchun tayyorgarlik koʻrmoqda (+video)
Maktabgacha taʼlim vazirligi BMT Bolalar jamgʻarmasining koʻmagida pandemiya sharoitida MTTlarda ish jarayoni qanday tamoyillar asosida tashkil etilishi tasvirlangan videorolik tayyorladi.

Oʻzbekistonda zilzila kuzatildi
5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 13:18 da Tojikistonda zilzila sodir boʻldi. Zilzila Oʻzbekiston hududida 4 balldan 2 ballgacha kuzatildi.

Karantindan keyin ham toʻylarni 30 kishi bilan oʻtkazish taklifi ilgari surildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga toʻylarni karantindan keyin ham 30 kishi bilan oʻtkazish taklifi kiritildi. Muallif “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorda belgilangan toʻylarga 200 kishidan ortiq mehmon chaqirmaslik haqidagi qoidani “30 kishilik” deb oʻzgartirishni soʻramoqda.

Oʻzbekistonda koronavirusni yoʻq qiladigan tibbiy kombinezonlar yaratildi
Ushbu yangi texnologiya qisqa 5-10 daqiqada SARS-CoV-2 patogen sekretsiyasini faol ravishda yoʻq qilishga, kiyimlarni oʻz-oʻzini tozalashga imkon beradi, bu esa hozirgi vaqtda ishlatilganlar himoya kombinezonlariga qaraganda samaraliroq.

Imtiyozli shartlarda koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar roʻyxati
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma 12 oy davomida amal qiladi.
