| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi50 marta oʻqildi

Teatr, kino va konsert zallari ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlay boshlaydi

“Karantin talablari yumshatilayotgan boʻlsa-da, barchamiz ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena talablariga soʻzsiz amal qilishimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev videoselektor yigʻilishida.

Teatr, kino va konsert zallari ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlay boshlaydi

Karantin cheklovlari yumshatilmoqda. Shu jumladan, konsert va boshqa tadbirlarni tashkil etilishiga ham ruxsat berildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilayotgan hududlarda sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Jamoat transportlari, buyum bozorlari, sport zallari faoliyatiga ham ruxsat berildi

Televideniye va radioda madaniy-maʼrifiy, koʻngilochar koʻrsatuv va eshittirishlarni koʻpaytirish, ijtimoiy masofani saqlagan holda teatr, kino, konsert va boshqa tadbirlarni tashkil etish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.

– Karantin talablari yumshatilayotgan boʻlsa-da, barchamiz ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena talablariga soʻzsiz amal qilishimiz, ilgari yoʻl qoʻygan xatolarni takrorlamasligimiz kerak. Xudoga shukur, hammamiz ham yetarli tajriba orttirdik. Koʻpni koʻrgan xalqimiz juda katta matonat va qahramonlik, tibbiy madaniyatini namoyon qilyapti. Temir intizom, qattiq chidam va sabr-toqat bilan biz albatta bu sinovlarni tez orada yengib oʻtamiz. Men bunga qatʼiy ishonaman, – deya taʼkidladi Prezident.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ