| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi89 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda zilzila kuzatildi

5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 13:18 da Tojikistonda zilzila sodir boʻldi. Zilzila Oʻzbekiston hududida 4 balldan 2 ballgacha kuzatildi.

Oʻzbekistonda zilzila kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 13:18 da (05.08.2020 yil, Grinvich boʻyicha 08:18 da) Tojikistonda zilzila sodir boʻldi. Zilzila koordinatalari: 40,2 gradus shimoliy kenglik; 70,84 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 181 km janubiy-sharqiy yoʻnalish boʻyicha.

Zilzila Oʻzbekiston hududida:

Toshkent : 181 km, 3 ball.
Namangan : 113 km, 4 ball.
Andijon : 143 km, 3 ball.
Fargʻona : 83 km, 4 ball.
Guliston : 177 km, 3 ball.
Jizzax : 255 km, 3 ball.
Samarqand : 336 km, 2 ball.
Termiz : 453 km, 2 ball.
Qarshi : 458 km, 2 ball.
Navoiy : 464 km, 2 ball.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ