| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi115 marta oʻqildi

«Oʻzkomnazorat» ogohlantiradi: Oʻzbekistonda firibgarlar Telegram foydalanuvchilarini aldashga urinmoqda

Oʻzbekistonda Telegram foydalanuvchilarining akkauntlariga kirib olib, shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash yoki akkauntni qaytarib berish evaziga moʻmay pul ishlashga urinayotgan mobil firibgarlar paydo boʻlgan va bu kabi vaziyatlar haqida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham maʼlum qilgan.

«Oʻzkomnazorat» ogohlantiradi: Oʻzbekistonda firibgarlar Telegram foydalanuvchilarini aldashga urinmoqda

«Oʻzkomnazorat» davlat inspeksiyasi Oʻzbekistonda Telegramda turli telefon raqamlariga maxfiy kodlar vositasida axborotlarni oʻgʻirlash maqsadida firibgarlarning hujumlari kuzatilgani haqida xabarlar tarqalganiga munosabat bildirdi.

«Oʻzbekistonda Telegram foydalanuvchilarining akkauntlariga kirib olib, shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash yoki akkauntni qaytarib berish evaziga moʻmay pul ishlashga urinayotgan mobil firibgarlar paydo boʻlgan va bu kabi vaziyatlar haqida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham maʼlum qilgan.

Firibgarlik sxemasiga koʻra foydalanuvchiga mobil aloqa operatorining rasmiy raqamidan qoʻngʻiroq qilinib, COVID-19 koronavirus infeksiyasi haqida oʻta sodda va javobi oson savollar beriladigan qisqa viktorina oʻtkaziladi. Gʻolibga pul oʻtkazib berish vaʼda qilinadi. Foydalanuvchi yutugʻini olishi uchun Telegramga kelgan maxfiy kodni aytishi lozim. Messenjerga kelgan sirli raqamni oshkor qilish, firibgarlarning akkauntga kirib olishiga sharoit yaratadi. Bloger yoki kanal administratorining akkauntiga kirib olgan firibgar u yerdagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik uchun pul talab qila boshlaydi. Oqibatda oʻzini viktorina gʻolibi boʻldim, deb oʻylagan foydalanuvchi firibgarlik qurboniga aylanadi», deyiladi inspeksiya xabarida.

Mutaxassislar tavsiyasiga koʻra, bu kabi holatlarning oldini olish uchun Telegramda ikki tomonlama autentifikatsiyani oʻrnatish zarur. Bu Telegramdan kelgan maxfiy raqamdan tashqari akkaunt parolini ham kirishni soʻraydigan himoya tizimi.

Inspeksiya xabariga koʻra, shunga oʻxshash firibgarlik sxemalari MDHga aʼzo boshqa mamlakatlar hududlarida ham kuzatilgan.

Inspeksiya Telegram foydalanuvchilaridan axborot xavfsizligi boʻyicha tavsiyalarga rioya qilishni, telefon orqali begona raqamdan qoʻngʻiroqlar boʻlib, shubhali viktorinalar oʻtkazilish holatlari kuzatilganida messenjer orqali maxfiy kod yuborilib, uni aytish soʻralganida begona shaxslarga maʼlumotni oshkor etmaslikni, firibgarlik sxemalaridan ogoh boʻlishni soʻragan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ