| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi72 marta oʻqildi

Jamoat transportlari, buyum bozorlari, sport zallari faoliyatiga ham ruxsat berildi

Metropolitendan tashqari barcha jamoat transportlarining qatnoviga ruxsat berildi. Shuningdek, yirik savdo doʻkonlari ham oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyadi.

Jamoat transportlari, buyum bozorlari, sport zallari faoliyatiga ham ruxsat berildi

17 avgustdan hududlar oʻrtasida avtotransport qatnovi, jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobuslar qatnovi tiklanishi belgilandi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

15 avgustdan avtotransport vositalarining kuni bilan yurishiga va 30 kishilik toʻylarga ruxsat berildi

20 avgustdan buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari, yirik savdo doʻkonlari, sport zallari, fitnes klub va basseynlar ishlay boshlaydi.

Yigʻilishda Respublika maxsus komissiyasiga har bir faoliyat turi boʻyicha qanday sanitariya talablariga amal qilish zarurligini aniq belgilash vazifasi qoʻyildi. Epidemiologik vaziyat yaxshi boʻlgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantiniga olish va undan chiqarish tartibini yengillashtirish, pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitatsiya qilish markazlarini tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga kollektiv immunitet shakllanish jarayonini monitoring qilib borish uchun antitanachalar tahlilini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish kerakligi taʼkidlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ