«Yashil», «sariq» va «qizil» aviareyslar roʻyxati yangilandi
«Yashil» reyslarda - Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiyadan kelganlar karantinga olinmaydi.

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, Oʻzbekistonga xorijiy davlatlardan kirish boʻyicha yangi tartib belgilandi.
Unga koʻra:
Epidemiologik vaziyat barqaror boʻlgan («yashil» reyslar) davlatlardan – (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi.
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan («sariq» reyslar) davlatlardan – (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi.
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan («qizil» reyslar – evakuatsiya reyslari) davlatlardan – Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.
Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan fuqarolarni kirishi boʻyicha toifaga ajratilgan davlatlar roʻyxati tasdiqlandi. Unga asosan:
«yashil» reyslar sifatida – Xitoy Xalq Respublikasi, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Latviya, Yaponiya;
«sariq» reyslar sifatida – Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno), Ozarboyjon;
«qizil» reyslar sifatida boshqa barcha davlatlar belgilandi.
Belgilanishicha, bu roʻyxat har haftada yangilab boriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

