| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi86 marta oʻqildi

Soʻx tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi

Prezident qarori bilan Soʻx tumani aholisi uchun Fargʻona viloyatining Yozyovon, Qoʻshtepa, Bagʻdod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi.

Soʻx tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi

“2020-2021 yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida:

  • 2020 yilda jismoniy shaxslar yer soligʻi va mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etiladi;

  • 2020 yil 1 avgustdan 2021 yil 31 iyulga qadar:

  1. yakka tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi amaldagi qatʼiy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi;

  2. alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilinadi.

Tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida kredit foiz stavkasining 10 foizli punktidan yuqori boʻlgan qismi, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdori kompensatsiya qilinadi.

Qarorga koʻra, Soʻx tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.

Soʻx tumanida joylashgan tibbiyot muassasalari shifokorlarining lavozim maoshlariga sohadagi ish stajining birinchi 3 yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 40 % va har bir keyingi 2 yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 15 % miqdorda, ustamaning eng koʻp miqdori 100 % oʻrnatiladi.

Shuningdek, Soʻx tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qoʻnish maydonchalari tashkil etiladi.

Soʻx tumani aholisi uchun Fargʻona viloyatining Yozyovon, Qoʻshtepa, Bagʻdod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ