«Tonirovka» uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma berish boshlandi
Toshkent shahrida 5 avgustdan boshlab transport vositalarining oynalarini qoraytirish jarayoni boshlangan.

IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent shahrida 5 avgustdan boshlab transport vositalarining oynalarini qoraytirish va tusini oʻzgartirish boʻyicha belgilangan tartibda ruxsatnoma berish jarayoni boshlangan.

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi "tonirovka" uchun toʻlovni bekor qilishni taklif qildi
Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimlarining quyidagi:
Mirobod tumani, Beshkent koʻchasi, 45-uyda joylashgan (Fayzobod) manzilida (Shayxontohur, Mirobod va Bektemir tumanlariga xizmat koʻrsatuvchi);
Yunusobod tumani, O.Zokirov koʻchasi, 2-uyda joylashgan manzilda (Olmazor va Yunusobod tumanlariga xizmat koʻrsatuvchi);
Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 118A-uyda joylashgan manzilda (Uchtepa va Chilonzor tumanlariga xizmat koʻrsatuvchi);
Mirobod tumani, Vodil koʻchasi 53-uyda joylashgan (Mirobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlariga xizmat koʻrsatuvchi) manzillarida transport vositalarining oynalarini qoraytirish va tusini oʻzgartirish boʻyicha belgilangan tartibda ruxsatnoma berish jarayoni amalga oshirilmoqda.
«Hurmatli shahrimiz fuqarolari, yuqoridagi manzillarga fuqarolik pasportining asli va transport vositasini qayd etish guvohnomasining asli bilan karantin qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda murojaat qilishingiz mumkin», deyiladi xabarda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

