Toshkent davlat yuridik universitetida bitta talabaning oʻqishi uchun qancha mablagʻ sarflanadi
Shartnoma pulini toʻlay olmaydigan talabalar uchun moddiy yordam koʻrsatiladi.

Bugungi kunda bir nafar talabaning Toshkent davlat yuridik universitetida bir yil davomida oʻqishi uchun 14 million 600 ming soʻmdan ortiq mablagʻ sarflanadi.
Talaba toʻlayotgan shartnoma puli unga sarflanayotgan mablagʻning 66 foizini qoplaydi. 66 foizdan qolgan qismni qoplash uchun universitet 1 yilda qariyb 20 milliard soʻm mablagʻ sarflaydi. Hozirda mazkur universitet shartnoma puli 9 million 700 ming soʻmni tashkil qiladi. Ushbu maʼlumotlarni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahimjon Hakimov Xalqaro-press klubning navbatdagi sessiyasida maʼlum qildi.
Rahimjon Hakimovning soʻzlariga koʻra, shartnoma pulini toʻlay olmaydigan talabalar uchun Vazirlar Mahkamasining joriy yil yanvar oyida qabul qilgan qaroriga asosan moddiy yordam koʻrsatiladi. Shartnoma pulini yarmini toʻlash imkoniyati beriladi. Pandemiya davrida boquvchisini yoʻqotgan talabalarga yordam beriladi.
Shuningdek, yangi talabalar uchun banklar orqali imtiyozli kreditlar ajratish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

