| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi103 marta oʻqildi

Buxorodagi qaysi obʼyektlar YuNESKO roʻyxatiga kiritilishi mumkinligi maʼlum qilindi

Buxoro viloyatida joylashgan 7 ta madaniy meros obʼyektini YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish boʻyicha xalqaro mezonlar asosida nomzodlik hujjatlari tayyorlanmoqda.

Buxorodagi qaysi obʼyektlar YuNESKO roʻyxatiga kiritilishi mumkinligi maʼlum qilindi

Buxorodagi 7 ta madaniy meros obʼyekti YuNESKOning umumjahon merosi roʻyxatiga nomzod sifatida taqdim etilmoqda. Bu haqda "Dunyo" AA xabar bermoqda.

Buxoro viloyatida ayni paytda 829 ta moddiy madaniy meros obʼyektlari davlat muhofazasiga olingan. Shundan, 287 tasi arxeologiya yodgorliklari, 507 tasi arxitektura obʼyektlari, 17 tasi monumental sanʼat hamda 18 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi.

Viloyat madaniy meros boshqarmasining xabar berishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, YuNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar institutini jalb qilgan holda “Ipak yoʻli: Zarafshon daryosi va Qoraqum yoʻnalishi” (Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston) chegeralararo obidalari qatorida Buxoro viloyatida joylashgan Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Vobkent minorasi va Chashmai Ayub maqbarasi arxitektura obʼyektlari hamda qadimgi Poykent, Varaxsha va Vardonze shahar qoldiqlarini YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish boʻyicha xalqaro mezonlar asosida nomzodlik hujjatlari tayyorlanmoqda.

Bu esa YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obʼyektlar sonining ortishiga va respublikamizga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining koʻpayishiga xizmat qiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ