| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi176 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda masjidlar 15 avgustdan boshlab ochiladi

Karantin qoidalariga amal qilib, ijtimoiy masofani saqlagan holda Oʻzbekistondagi masjidlar birin-ketin ochiladi.

Oʻzbekistonda masjidlar 15 avgustdan boshlab ochiladi

“Azon.uz” manbasining xabar berishicha, ayni soatlarda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi yurtimizdagi barcha imom va noiblar ishtirokida video selektor shaklida yigʻilish oʻtkazmoqda. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Abdugʻofir Ahmedov ham ishtirok etmoqda.

Yigʻilishda pandemiya vaqtidagi imom xatiblar faoliyatini yanada samaradorlik qilish, davlatimiz tomonidan imomlarga eʼtibor qaratilib, 150 milliard soʻm ajratilgani, yoshlarimizning tarbiyasida imomlarning oʻrni va taʼsiri boʻlishi zarurligi kabi mavzular muhokama qilinyapti.

Majlisda aytilishicha, 15 avgustdan boshlab yurtimizda masjidlar bosqichma bosqich yana faoliyat koʻrsata boshlaydi. Bunda avvalo nimalarga eʼtibor qaratilishi, karantin qoidalariga amal qilish muhimligi, ijtimoiy masofani saqlash, eng muhimi, elu yurtimiz tinchligi, koronavirus balosining tezroq koʻtarilishini soʻrab duoyi xayrlar qilinishi muhimligi alohida taʼkidlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ