| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Mehnat vazirligi: Mansabdorlarning 3886 nafariga nisbatan 6,3 mlrd soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi

Davlat mehnat inspeksiya tomonidan mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha joriy yilning 6 oy davomida 8 554ta korxonada 21 455ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Mehnat vazirligi: Mansabdorlarning 3886 nafariga nisbatan 6,3 mlrd soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi

Davlat mehnat inspeksiya tomonidan mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha joriy yilning 6 oy davomida 8 554ta korxonada 21 455ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasiga joriy yilning 6 oy davomida 12 293 ta jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlar kelib tushgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Vazirlik xabariga koʻra, shundan 6 498tasi qanoatlantirilgan, 5 241tasiga tushuntirish berilgan, 346tasi tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda 208tasi koʻrilmasdan qoldirilgan.

Murojaatlarni xususiyatlari boʻyicha 3 886ta nafari oylik ish haqlari va boshqa toʻlovlar toʻlanmasligi, 1 295ta noqonuniy ishdan boʻshatilishi, 414ta ishga qabul qilishda qonun buzilishi, 388ta ishga qabul qilishda rad etilishi, 336ta norasmiy ishlatilishi, 335ta ish vaqti va dam olish vaqti boʻyicha qonun buzilishi, 36ta majburiy mehnat, 34ta mehnat sharoitlari yaratilmaganligi va 5 569ta boshqalarni tashkil etadi.

Davlat mehnat inspeksiya tomonidan mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha joriy yilning 6 oy davomida 8 554ta korxonada 21 455ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan, ushbu qonunbuzilishlarni bartaraf etish boʻyicha 3 462ta yozma koʻrsatmalar va 75ta taqdimnomalar kiritildi, 3 886 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 6,3 mlrd soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.

Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash va majburiy mehnatga barham berish boʻyicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining doimiy tarzda faoliyat olib boruvchi, oʻzining shaxsini oshkor qilmasdan maʼlumot berish imkoni boʻlgan ijtimoiy tarmoqda dmi.mehnat.uz sayti, qisqa raqamli “1176” ishonch telefon va @mehnathuquqbot telegram tarmogʻi tashkil etilgan boʻlib, ushbu tarmoqqa jami 2 737ta murojaatlar va xabarlar kelib tushdi, deyiladi vazirlik xabarida.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ