15 avgustdan qaysi viloyatlarga poyezdlar va samolyotlar qatnovi boshlanishi maʼlum qilindi
Yoʻlovchilar chiptalarni temiryoʻl kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishi mumkin.

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ joriy yil 15 avgustdan mahalliy yoʻnalishlarda poyezdlar harakatini bosqichma-bosqich qayta tiklaydi.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdlari Toshkent – Samarqand – Buxoro – Toshkent yoʻnalishida 2 ta, Toshkent – Samarqand – Qarshi – Toshkent yoʻnalishida 1 ta, shuningdek, Toshkent – Andijon – Toshkent yoʻnalishida 2 ta yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Yoʻlovchilar chiptalarni temiryoʻl kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishi mumkin.
«Uzbekistan airways» aviakompaniyasi tomonidan 15 avgust sanasidan eʼtiboran Toshkent – Nukus – Toshkent, Toshkent – Urganch – Toshkent yoʻnalishida haftasiga uch marotabadan, Toshkent – Termiz – Toshkent yoʻnalishida esa haftasiga ikki marotabadan parvozlarni amalga oshirish boshlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

