Imtiyozli shartlarda koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar roʻyxati
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma 12 oy davomida amal qiladi.

“Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yilning 1 sentyabridan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari bosqichma-bosqich “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi.

Oʻzbekistonda Yagona ijtimoiy reyestr joriy etiladi
Kam taʼminlangan oilalarning ehtiyojmandlik darajasini obʼyektiv baholash, qarorlarni qabul qilishda subʼyektiv yondashuvni bartaraf etish tizimni joriy etishning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Qaror bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda fuqarolardan talab etilmaydigan hujjatlar va maʼlumotlar roʻyxati tasdiqlandi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi va 12 oy davomida amal qiladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatida fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali ijtimoiy nafaqalarni tayinlashga oid murojaatlari va shikoyatlarini qabul qilish boʻyicha shoʻʼbasi tashkil etiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

