| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi210 marta oʻqildi

Masjidlar, xususiy bogʻcha va maktablar hamda oʻquv markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi

Bunda ushbu muassasalar muayyan sanitariya talablariga boʻysunishlari lozim.

Masjidlar, xususiy bogʻcha va maktablar hamda oʻquv markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yil 15 avgustdan boshlab nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablar, shuningdek, oʻquv kurslari (markazlari) faoliyatiga ruxsat beriladi. Bunda ushbu muassasalar muayyan sanitariya talablariga boʻysunishlari lozim.

2020 yil 17 avgustdan boshlab diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat beriladi. Bunda har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qatʼiy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishi taʼminlanishi lozim.

Eslatma: diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ