O'zbekistonning ommaviy yangiliklari: ijtimoiy dasturlar, kambag'allarga yordam, Review.uz saytida O'zbekistonda ijtimoiy hayotning so'nggi yangiliklari
629 ta material

Oʻzbekistonda ajralishlar soni oʻtgan yilga nisbatan 20 foizga kamaygan
Hududlar boʻyicha eng yuqori nikohdan ajrashganlar Toshkent shahri, Sirdaryo, Andijon va Navoiy viloyatlariga toʻgʻri kelmoqda. Statistik maʼlumotlarga koʻra, oilada farzandlar qancha koʻp boʻlsa, ajralish xavfi shunchalik kamayadi. Shu bilan birga joriy yilda oila qurganlar soni oʻtgan yilga nisbatan kamaygan.

Moddiy yordam pullarining tarqatilishi nazoratga olinadi
Yordam pullariga muhtoj oilalar roʻyxati mahallalar kesimida tayyorlanadi. Shuningdek, tez tibbiy yordam xodimlari uchun ajratilgan mukofot pullari ortiqcha qogʻozbozliksiz tarqatiladi.

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun maxsus shifoxonalar tashkil etildi
Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari tashkil etildi.

Aziz Abduhakimov karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligi haqida gapirdi
Aziz Abduhakimov fuqarolar tibbiyot niqoblarini pastga tushirib olmay toʻgʻri taqishlari, antiseptiklardan foydalanishlari va ijtimoiy masofa saqlashlari muhimligini taʼkidladi.

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
Institutning xorijiy tillarni yaxshi oʻzlashtirgan professor-oʻqituvchilari oylik maoshlariga 10 foiz ustama belgilanadi.

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish sohasi uchun magistraturada oʻqish muddatini 1 yil etib belgilandi
“Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan agrar sohadagi OTMda kredit-modul tizimi joriy etiladi hamda Toshkent davlat agrar universitetida bakalavriat yoʻnalishlarining sirtqi taʼlim shakli boʻyicha masofaviy taʼlim olish tizimini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.

Buxoroda "temir daftar"ga kiritilgan oilalarga jami 10 milliard soʻm tarqatildi
Buxoro viloyatida ehtiyojmand oilaning 50 ming nafar aʼzosi uchun ajratilgan 200 ming soʻmdan, jami 10 mlrd. soʻm pul mablagʻlar egalariga berildi.

Qishloq xoʻjaligida 23 mingdan ortiq ish oʻrni yaratildi
Tarmoqni rivojlantirish uchun joriy yilning iyul holatida 1 128 milliard soʻm mablagʻ ajratilib, 7,4 ming fermer xoʻjaligida koʻp tarmoqlilik yoʻlga qoʻyildi.

Tadbirkorlik boʻyicha jahon chempionatining milliy bosqichida ishtirok eting
Musobaqa ishtirokchilari EWC tanlovi koʻmagida yetakchi xorijiy mutaxassislarning ustozlik darslarida qatnashish, biznes aloqalarini kengaytirish, loyihalariga investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro bozorlarga chiqish kabi imkoniyatlarga ega boʻladi.

Oʻzbekistonlik talabalari Xalqaro matematika olimpiadasida 10 ta medalni qoʻlga kiritdi
Yurtimiz talabalari Xalqaro matematika olimpiadasida (IMC- International Mathematical Competition) 2 ta oltin medal, 5 ta kumush medal, 3 ta bronza medal va 4 ta faxriy yorliqni qoʻlga kiritdi.

Moddiy yordam pullari tarqatilishdagi qonunbuzarliklar haqida qayerga murojaat qilish mumkin?
Bosh prokuratura moddiy yordam pullari tarqatilishdagi qonunbuzarliklar kuzatilsa fuqarolardan tegishli hudud prokuraturasiga murojaat qilishlarini soʻramoqda. Quyida hududlar prokuraturalarining telefon raqamlari keltirilgan.

Qodiriya GES modernizatsiyasi: gidroenergetik quvvatlarni oshirish sari
29 iyul kuni Chirchiq-Boʻzsuv suv-energetik traktidagi “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi Qodiriya GES (GES-3) da olib borilgan modernizatsiya jarayonlari yakunlari hamda ushbu GESning ishga tushirilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Qanday hollarda YPX xodimi tomonidan haydovchilik guvohnomasi olib qoʻyiladi?
Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi faqat sud tomonidan qoʻllaniladi.

AOKAga yangi rahbar tayinlandi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga Prezident Qarori bilan Asadjon Xoʻjayev rahbar etib tayinlandi. Asadjon Xoʻjayev 2017 yilda bir oz muddat Prezident matbuot xizmati rahbari boʻlib ishlagan.

Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Toshkent filiali ochilmoqda
Filialda hozircha ikkita yoʻnalish mavjud – elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish hamda xalqaro biznes va tadbirkorlik. Kirish imtihoni 15 avgust kuniga moʻljallangan.

Tibbiyot OTM bitiruvchilari vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarda ishlaydi
Karantin tadbirlari yakuniga qadar barcha tibbiyot OTMlarining davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilari 1 yilgacha boʻlgan muddatga vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarga jalb qilinadi.

Bemorlarni saralash, evakuatsiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi
Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarga uy sharoitida yordam koʻrsatishning tegishli tartibi joriy qilinadi.

Koronavirusga tahlil natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar beriladi
Aholi tomonidan murojaat qilinganda hamda ularda kasallik belgilari aniqlanganda tezkorlik bilan koronavirus infeksiyasiga tahlil olinib, tahlil natijalarini 3 kunlik muddatda ularni shaxsiy telefon raqamlari orqali yuboriladi.

Oʻzbekistonda COVID-19 bor yoʻqligini aniqlaydigan test ishlab chiqildi
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazida 100 ming dona test tizimini oʻz ichiga olgan navbatdagi partiya tayyorlandi.

Bosh prokuratura «Sardoba» suv ombori toʻgʻonining oʻpirilish sabablarini aniqladi
30 kishilik komissiya tekshiruvidan soʻng «Sardoba» suv ombori toʻgʻonining oʻpirilish sabablari aniqlandi.

Viloyatlarda «maxsus poliklinikalar» faoliyati yoʻlga qoʻyiladi
Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslarni ambulator davolashga ixtisoslashgantunu kun faoliyat koʻrsatuvchi «maxsus poliklinikalar» faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Birinchi navbatda shifoxonaga joylashtiriladigan bemorlar roʻyxati shakllantirildi
Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga klinik belgilariga asosan test javoblarini kutmasdan tibbiy yordam koʻrsatiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosiga virtual sayohat yoʻlga qoʻyildi
Sayohatni maxsus koʻzoynak (VR koʻzoynak) yordamida amalga oshirilsa, sayohatchi oʻzini xudda binoni ichida yurgandek his qiladi.

1 avgustdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi?
Aeroportlarda “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi. Nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyasiya kengashlari tashkil etiladi. Ayrim transport vositalariga utilizatsiya yigʻimi joriy etiladi. Bundan tashqari yana bir qancha yoʻnalish va sohalarda oʻzgarishlar kuzatiladi.

Bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishda xavfsizlik talablari belgilandi
Talablarga koʻra, oʻyinchoqlarga ikkilamchi xomashyolar, yaʼni boshqa maqsadlarda ishlatilgan va qayta ishlash natijasida olingan xomashyolarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi
