Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Toshkent filiali ochilmoqda
Filialda hozircha ikkita yoʻnalish mavjud – elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish hamda xalqaro biznes va tadbirkorlik. Kirish imtihoni 15 avgust kuniga moʻljallangan.

Toshkentda tashkil etilgan onlayn matbuot anjumanida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Toshkent filiali ochilishi haqida maʼlum qilindi.
Universitet filiali dual taʼlim tizimiga asoslangan biznes va tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi.
Darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuningdek, ular turk, fransuz, nemis va xitoy tillarini oʻrganadi.
Bir yillik oʻqish qiymati 4000 AQSh dollarini (oʻquv yili 3 simestrdan iborat) tashkil etadi. Birinchi kurslar uchun grantlar ham mavjud.
Filialda hozircha ikkita yoʻnalish mavjud – elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish hamda xalqaro biznes va tadbirkorlik.
Oʻqish istagida boʻlgan abituriyentlar havolada keltirilgan ariza shaklini toʻldirish orqali roʻyxatdan oʻtishi mumkin. Kirish imtihoni 15 avgust kuniga moʻljallangan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

