| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi136 marta oʻqildi

Buxoroda "temir daftar"ga kiritilgan oilalarga jami 10 milliard soʻm tarqatildi

Buxoro viloyatida ehtiyojmand oilaning 50 ming nafar aʼzosi uchun ajratilgan 200 ming soʻmdan, jami 10 mlrd. soʻm pul mablagʻlar egalariga berildi.

Buxoroda "temir daftar"ga kiritilgan oilalarga jami 10 milliard soʻm tarqatildi

2020 yil 29-30 iyul kunlari sektor rahbarlari boshchiligida Buxoro viloyatidagi kam taʼminlangan, nogironligi bor, yakka-yolgʻiz yashovchi va oʻzgalar madadiga muhtoj oilalarga xayriya mablagʻlari tarqatildi, deb xabar qilmoqda Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi axborot xizmati.

Buxoro viloyati boʻyicha 13544 ta kam daromadli “temir daftar”ga kiritilgan, pandimeya sababli daromadidan ayrilgan, ehtiyojmand oilaning 50 ming nafar aʼzosi uchun ajratilgan 200 ming soʻmdan, jami 10 mlrd. soʻm pul mablagʻlari sektor rahbarlari, korxona-tashkilot xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida manzilli ravishda tarqatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6038-sonli Farmoniga asosan respublika miqyosida 400 ming ehtiyojmand oilalarning 1,7 mln. nafar aʼzosiga 380 mlrd. soʻm pul mablagʻi tarqatilib, bir martalik moddiy yordam koʻrsatilishi belgilandi.

Ajratilgan mablagʻlarning, ehtiyojmand oilalarga, oʻz vaqtida yetib borishi Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan nazoratga olindi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga moddiy yordam ajratilishi bilan bogʻliq muammolar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan koʻrib chiqilishi tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Buxoro viloyati Xalq qabulxonasi nazoratida kelib tushgan murojaatlarning barchasi shu kunning oʻzida sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kӯrib chiqilib, moddiy yordam va zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish orqali ijobiy hal etilishi taʼminlandi.

Fotogalereya 5

  • Buxoroda "temir daftar"ga kiritilgan oilalarga jami 10 milliard soʻm tarqatildi — 1-surat, jami 5 ta
  • Buxoroda "temir daftar"ga kiritilgan oilalarga jami 10 milliard soʻm tarqatildi — 2-surat, jami 5 ta
  • Buxoroda "temir daftar"ga kiritilgan oilalarga jami 10 milliard soʻm tarqatildi — 3-surat, jami 5 ta
  • Buxoroda "temir daftar"ga kiritilgan oilalarga jami 10 milliard soʻm tarqatildi — 4-surat, jami 5 ta
  • Buxoroda "temir daftar"ga kiritilgan oilalarga jami 10 milliard soʻm tarqatildi — 5-surat, jami 5 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ