| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi99 marta oʻqildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosiga virtual sayohat yoʻlga qoʻyildi

Sayohatni maxsus koʻzoynak (VR koʻzoynak) yordamida amalga oshirilsa, sayohatchi oʻzini xudda binoni ichida yurgandek his qiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosiga virtual sayohat yoʻlga qoʻyildi

Innovatsion rivojlanish vazirligining fuqarolar va jamoatchilikka ochiqligini taʼminlash, yuqori texnologiyalari muhitini shakllantirish, yoshlarning innovatsiyalarga diqqatini qaratish va qiziqishini oshirish maqsadida vazirlik binosiga virtual sayohat qilish imkoniyati yaratildi. Mazkur virtual tur hozirgi pandemiya sharoitida dolzarb boʻlib, hali vazirlik binosiga tashrif buyurmaganlarga uchun idorani oʻz koʻzlari bilan koʻrishga xizmat qiladi.

Virtual sayohat davomida istagan odam vazirlikning turli xonalarida — aerokosmik texnologiyalar va 3D modellarni prototiplash laboratoriyasi, robototexnika va mexatronika laboratoriyasi, yosh ixtirochilar xonasi, innovatsion loyihalar, zamonaviy ishlanmalar oʻrin olgan koʻrgazma zaliga tashrif buyurishi mumkin.

Bundan tashqari, bunday sayohatni maxsus koʻzoynak (VR koʻzoynak) yordamida amalga oshirilsa, sayohatchi oʻzini xudda binoni ichida yurgandek his qiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligiga sayohatni quyidagi havola orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilingan startap-loyihalar tanlovida gʻolib boʻlgan «NazzAR» loyihasi muallifi boʻlmish SmartChain kompaniyasi tomonidan yaratilgan Oʻzbekistondagi 10 ta tarixiy obidalarga virtual sayohat qilishingiz mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ