Qishloq xoʻjaligida 23 mingdan ortiq ish oʻrni yaratildi
Tarmoqni rivojlantirish uchun joriy yilning iyul holatida 1 128 milliard soʻm mablagʻ ajratilib, 7,4 ming fermer xoʻjaligida koʻp tarmoqlilik yoʻlga qoʻyildi.

Qishloq xoʻjaligida 23 mingdan ortiq ish oʻrni yaratildi, deb xabar bermoqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati.
Tarmoqni rivojlantirish uchun joriy yilning iyul holatida 1 128 milliard soʻm mablagʻ ajratilib, 7,4 ming fermer xoʻjaligida koʻp tarmoqlilik yoʻlga qoʻyildi. Buning ortidan 23,7 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi.
Qisqa fursatda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari 6,6 ming gektar intensiv bogʻ, 3,2 ming gektar tokzor va 362 gektar maydonda issiqxonalar barpo etdi.
Shuningdek, 64 ta fermer xoʻjaligi meva-sabzavot, sut va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash, 135 ta xoʻjalikda non va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, 76 ta fermer xoʻjaliklari sovutkich omborxonalari barpo etdi.
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarining 21 mingdan ortigʻi yaʼni 37 foizi onlayn reyestrga kiritilgan. Bu borada Buxoro, Andijon, Xorazm va Surxondaryoda samarali ishlar tashkil etilgan. Ammo, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida bu borada oqsashlar kuzatilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

