Tadbirkorlik boʻyicha jahon chempionatining milliy bosqichida ishtirok eting
Musobaqa ishtirokchilari EWC tanlovi koʻmagida yetakchi xorijiy mutaxassislarning ustozlik darslarida qatnashish, biznes aloqalarini kengaytirish, loyihalariga investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro bozorlarga chiqish kabi imkoniyatlarga ega boʻladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi va The Global Educational & Leadership Foundation (tGELF, Hindiston) jamgʻarmasi Tadbirkorlik boʻyicha jahon chempionati – Entrepreneurship World Cup 2020 (EWC) milliy saralash bosqichini eʼlon qiladi. Tanlov startaplarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boʻlib, ular gʻoya bosqichida ham, rivojlanish bosqichida ham boʻlishi mumkin. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova xabar qildi.
Tadbirning maqsadi
Tadbirkorlik boʻyicha jahon chempionati finalida ishtirok etish uchun istiqbolli innovatsion loyihalarni saralash, mamlakatning innovatsion iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun istiqbolli loyihalarni aniqlash, innovatsion tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi yoshlar qatlamini shakllantirish va xalqaro tajribaga ega mutaxassislar ishtirokida interfaol seminarlarni tashkil etish.
Kutilayotgan natija
Musobaqa ishtirokchilarga oʻz loyihalarini xalqaro miqyosda namoyish etish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Musobaqa ishtirokchilariga oʻz loyihalarini xalqaro miqyosda namoyish etish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Musobaqaning jahon miqyosidagi final bosqichida 3 ta eng yuqori oʻrinnni egallaganlarga mukofot jamgʻarmasi 1 mln. AQSh doll. (in cash) miqdoridagi mablagʻlar, shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan ishtirokchilarga hamkorlardan bonuslar va maxsus takliflar koʻrinishida 70 mln. AQSh doll. (in kind) qiymatidan ortiq mukofotlar bilan taqdirlash rejalashtirilgan. AQSh doll. (in kind) ortiq mukofotlar beriladi.Bundan tashqari, roʻyxatdan oʻtgan har bir aʼzo 25 ming AQSh dollari (in kind) qiymatidagi hamkorlarning (Google Cloud, Amazon Web Services, Hubspot, Stripe va boshqalar) onlayn xizmatlariga obuna boʻlish imkoniyatiga ega boʻladi.
Bundan tashqari, musobaqa ishtirokchilari EWC tanlovi koʻmagida yetakchi xorijiy mutaxassislarning ustozlik darslarida qatnashish, biznes aloqalarini kengaytirish, loyihalariga investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro bozorlarga chiqish kabi imkoniyatlarga ega boʻladi.
Qoidalar
Musobaqa Milliy saralash bosqichida ishtirok etish uchun startap loyihalarini tanlash jarayoni EWC xalqaro tanlovining tasdiqlangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Xususan, loyihaning konsepsiyasi, loyihaning dolzarbligi, innovatsionligi, komandalar malakasi va tayyorgarligi darajasi mezonlari asosida baholandi.
Joriy yilda butun dunyoda COVID-19 pandemiyasining tarqalishi munosabati bilan Tanlovga ariza berish va tanlovni oʻtkazish onlayn platformada (https://entrepreneurshipworldcup.com/) amalga oshiriladi.
Musobaqa bosqichlari:
● Entrepreneurship World Cup (EWC) platformasida 9 avgustgacha startap loyihalar roʻyxatdan oʻtkaziladi (https://signup.entrepreneurshipworldcup.com/ewc/signup).
● Tanlovning milliy bosqichi onlayn tarzda 2020 yil avgust-sentyabr oylarida oʻtkaziladi.
● Tanlovning milliy bosqichi gʻoliblari 2020 yil 18-20 oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan xalqaro finalda oʻz loyihalarini taqdim etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

