AOKAga yangi rahbar tayinlandi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga Prezident Qarori bilan Asadjon Xoʻjayev rahbar etib tayinlandi. Asadjon Xoʻjayev 2017 yilda bir oz muddat Prezident matbuot xizmati rahbari boʻlib ishlagan.

29 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Asadjon Xoʻjayevni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor etib tayinlash toʻgʻrisidagi Prezident Qarori oʻqib eshittirildi.
Asadjon Xoʻjayev 2003–2004 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish loyihasi rahbari oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Asadjon Xoʻjayev 2004–2011 yillarda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosari, 2011-2012 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori, 2012-2017 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori, Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri apparati mudiri boʻlgan.
U 2017 yilning martidan avgustigacha Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Davlat maslahatchisi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati rahbari boʻlgan. Keyinroq Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi oʻrinbosari, 2018 yil avgust oyidan Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi direktori lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. U 2019 yilning noyabrida Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining boshligʻi lavozimiga tayinlangandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

