Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
Institutning xorijiy tillarni yaxshi oʻzlashtirgan professor-oʻqituvchilari oylik maoshlariga 10 foiz ustama belgilanadi.

“Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:
▪️ Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali negizida Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
▪️Qishloq xoʻjaligi vazirligi tasarrufiga oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy maktablar oʻrniga agrotexnologiyalar texnikumlari tashkil etiladi.
Qarorga koʻra, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar yakka tartibdagi suhbat asosida kirish imtihonlarisiz qishloq xoʻjaligi OTMlarining mos bakalavriat yoʻnalishlarida 2-bosqichdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi.
Shuningdek:
2020/2021 yil oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti qoshida respublika OTMlarining iqtidorli talabalari tarkibidan tanlab olingan yoshlar uchun “Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini innovatsion rivojlantirish va uni raqamli transformatsiyalash” loyihasini amalga oshirish doirasida maxsus fakultet tashkil etiladi;
Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari hamda professional taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻyicha prorektor lavozimi joriy etiladi;
Xorijiy tillarni yaxshi oʻzlashtirgan professor-oʻqituvchilarning oylik maoshlariga 10 foiz ustama belgilanadi (xorijiy tillar boʻyicha professor-oʻqituvchilar bundan mustasno).
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

