Oʻzbekistonda ajralishlar soni oʻtgan yilga nisbatan 20 foizga kamaygan
Hududlar boʻyicha eng yuqori nikohdan ajrashganlar Toshkent shahri, Sirdaryo, Andijon va Navoiy viloyatlariga toʻgʻri kelmoqda. Statistik maʼlumotlarga koʻra, oilada farzandlar qancha koʻp boʻlsa, ajralish xavfi shunchalik kamayadi. Shu bilan birga joriy yilda oila qurganlar soni oʻtgan yilga nisbatan kamaygan.

Davlat statistika qoʻmitasining xabar berishicha, 2020 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston FHDYO organlari tomonidan 75,5 ming nikoh roʻyxatga olinib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 27,5% va 20% pastroq koʻrsatkich qayd etilgan.
Mamlakat boʻyicha 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 4,5 promilleni (2019 yilning birinchi yarmida 6,3 promille) tashkil etdi.
Hududlar boʻyicha eng yuqori nikoh koeffitsiyenti Xorazm (6,4 promille), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (5,2) Sirdaryo (5,1) Surxondaryo (4,9) viloyatlarida kuzatilgan boʻlsa, eng kam nikoh tuzish koeffitsiyenti Namangan (3,6), Samarqand (3,7), Navoiy (3,8) va Jizzax (4,2) viloyatlarida qayd etildi.
Yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan 12,8 mingta yoki 2019 yilning shu davriga (16 mingta) nisbatan 20 foiz kamroq nikohdan ajralishlar qayd etilgan boʻlib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 0,8 promilleni (bir yil oldin — 1 promille) tashkil etdi.
Hududlar boʻyicha eng yuqori nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti Toshkent shahri (1,3 promille), Sirdaryo (1,2 promille), Andijon (1,0 promille) va Navoiy (0,9 promille) viloyatlarida, eng kam nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi (0,5 promille), Qashqadaryo (0,5 promille), Xorazm (0,5 promille) va Surxondaryo (0,6 promille) viloyatlarida kuzatildi.
Dastlabki maʼlumotlarga asosan, respublikada jami ajralishlarning 52,9% farzandsizlar, 27,5% bitta farzand bilan va 19,6% ikki va undan ortiq farzand bilan ajrashganlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, oilada farzandlar qancha koʻp boʻlsa, ajralish xavfi shunchalik kamayadi. Buxoro viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi esa bundan mustasno. Buxoro viloyatida bitta bolali oilalarda ajralish (37,5%), bolasi boʻlmagan nikohlarga qaraganda (34,9%) koʻproq boʻldi. Ikki yoki undan koʻp bolali oilalar faqat 27,6% hollarda ajrashdilar. Qoraqalpogʻistonda 30,6% hollarda bolalarsiz nikohlar buzilgan, bitta bola bilan — 41,1%, ikki va undan ortiq bolalari bilan esa — 28,3%.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

