| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishda xavfsizlik talablari belgilandi

Talablarga koʻra, oʻyinchoqlarga ikkilamchi xomashyolar, yaʼni boshqa maqsadlarda ishlatilgan va qayta ishlash natijasida olingan xomashyolarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi

Bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishda xavfsizlik talablari belgilandi

23 iyul kuni Hukumat qarori bilan Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi.

Reglament bolalar oʻyinchoqlarini xavfsiz ishlab chiqarish va sotish talablarini belgilaydi.

Reglamentga muvofiq:

  • bolalar oʻyinchogʻining tarkibi portlash xususiyatiga boʻlgan moddalar va materiallardan iborat boʻlmasligi kerak;

  • elektr oʻyinchoqlarda, shuningdek, ularning tarkibiy qismining birortasida ham nominal kuchlanish 24 V dan oshmasligi kerak;

  • oziq-ovqat mahsulotlarida va (yoki) oziq-ovqat mahsulotlari bilan chakana savdoga chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlari oʻzlarining alohida qadoqlariga ega boʻlishi talab etiladi;

  • oʻyinchoqlarga ikkilamchi xomashyolar, yaʼni boshqa maqsadlarda ishlatilgan va qayta ishlash natijasida olingan xomashyolarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi;

  • foydalanuvchiga kuyish xavfini keltirib chiqaruvchi tarkibida qizdirish elementi mavjud boʻlgan oʻyinchoqlarni ishlab chiqarish taqiqlanadi;

  • uch yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallanmagan oʻyinchoqlarga yosh guruhi koʻrsatilgan, taqiqlovchi shartli grafik belgi qoʻyilgan boʻlishi shart.

Reglament talablari bolalar oʻyinchogʻi deb qaralmaydigan mahsulotlarga, shuningdek, shaxsiy buyurtmalar va koʻrgazma nusxalari sifatida tayyorlangan oʻyinchoqlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mazkur reglament rasman eʼlon qilingan kunday boshlab 12 oy oʻtgandan keyin amalga kiritiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ