Наука
394 ta material

MOMIH Dasturining 18 Vazirlar konferensiyasi yakunlandi
Toshkentda, oʻz platformasida dunyoning 20 ta mamlakatidan 180 ta delegatlar – hukumatlar, vazirliklar, idoralar va xususiy sektor, 8 ta xalqaro moliya institutlari va 10 ta xalqaro hamkorlik tashkilotlari vakillarini birlashtirgan, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik Dasturining (MOMIH) 18-chi vazirlar konferensiyasi oʻz ishini yakunladi.

Oshirilgan miqdordagi non kompensatsiya pullari kimlarga toʻlanmoqda?
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrdagi «Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʻliq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 866-son qaroriga asosan un narxini davlat tomonidan nazorat qilish toʻxtatildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasini qabul qildi
13 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining vazirlar darajasidagi konferensiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Oʻzbekiston hududida xizmat safariga chiqish va xarajatlarni qoplash tartibi qanday?
Xizmat safari deganda – xodimni tashkilot rahbarining farmoyishi boʻyicha, oʻzining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirigʻini bajarish uchun boshqa joyga, maʼlum bir muddatga yuborilishi (borib kelish) tushuniladi.

Toshkentda Turistik brend elchilari xalqaro forumi oʻtkaziladi
Bugun boshlanadigan “Ipak yoʻlida turizm” XXV Toshkent xalqaro turistik koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining turizm brendi elchilari xalqaro forumi boʻlib oʻtadi, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

«Markaziy bank toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri eʼlon qilindi
Hujjat eski tahririda 1995 yildan buyon, deyarli 24 yil amal qilgan. 2018 yilning yanvar oyida qator tizimli muammolar: MBning mavjud boshqaruv va risk-menejment sifatiga taʼsir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, bank faoliyatiga maʼmuriy aralashuv, bank nazoratini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar bois Markaziy bankda islohotlar boshlandi.

Oʻzbekiston Hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti mamlakatda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash boʻyicha yangi loyiha boshlaydilar
Qiymati ikki million AQSh dollariga teng boʻlgan qoʻshma loyihaning asosiy eʼtibori mamlakatdagi ijtimoiy jihatdan eng zaif boʻlgan insonlarga qaratiladi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 27 noyabr kuni Toshkentda yigʻiladi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi 27 noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning soʻzlariga asoslanib, «Kazinform» xabar berdi.

Markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechiladi
Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi qizgʻin muhokama qilinmoqda. Unda belgilangan har bir norma atroflicha muhokama etilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirmoqda.

Xususiy tugʻruqxonalarga ruxsat etildi
“Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Oilaviy mehmon uylari: soliqqa tortish tartibi
Oilaviy mehmon uylari xizmatlari oilaviy mehmon uyi tashkil etish uchun yaroqli turar-joy binosiga ega boʻlgan va unda yashovchi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan koʻrsatiladi.

Orif Boʻtayev Sanoatqurilishbank rahbarining birinchi oʻrinbosari boʻldi
Markaziy bank raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan Orif Boʻtayev Sanoatqurilishbank raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Lombard va mikrokredit tashkilotlari kassalariga qoʻyiladigan talablar soddalashtirildi
MB Boshqaruvining qarori bilan ular tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyxat raqami 1719-3, 6.11.2019 yil).

Davlat byudjeti ijrosini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar aniqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni joriy yilda davlat byudjetiga tushumlar prognozi ijrosini taʼminlash, tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

«Iqtisodiy erkinlik indeksi»: Oʻzbekistonning pozitsiyasi
Oʻzbekiston 2019 yilning 9 oyi yakunlariga koʻra «Iqtisodiy erkinlik indeksi»da «Soliq yuki» indikatori boʻyicha 23-pozitsiyada, deb xabar beradi DSQ matbuot xizmati.

Kimning biznes tashabbusi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining roʻyxati tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3192, 4.11.2019 yil).

Oʻzbekiston delegatsiyasi “Turkistan: One way – One history” Xalqaro turistik forumida ishtirok etdi
4 noyabr kuni Qozogʻistonning Turkiston shahrida “Turkistan: One way – One history” xalqaro turistik forumi oʻz ishini boshladi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri Aktota Raimkulova, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Abdulaziz Aqqulov, diplomatik korpus hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

InnoWeek-2019. Xalqaro innovatsion-investitsion forumida 108,7 mln. dollarga teng anglashuv memorandumlari va investitsiya shartnomalari imzolandi
Haftalik doirasidagi yirik tadbir — “Xalqaro innovatsion-investitsion forum”da xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Xiva tumani kompleks rivojlantiriladi
Hukumat qarori (901-son, 02.11.2019 y.) bilan 2019-2020 yillarda Xorazm viloyatining Xiva tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

ShHT hukumat rahbarlari uchrashuvida yakuniy hujjatlar imzolandi
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlarining uchrashuvi yakuniga koʻra qator xalqaro hujjatlar imzolandi.

ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yigʻilishi Hindistonda oʻtkaziladi
“Biz ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yigʻilishi Hindistonda oʻtkazilishiga kelishdik, u tashkilotimiz hukumat rahbarlari kengashida ilk bor raislik qiladi”, - dedi Aripov Toshkentdagi ShHT hukumat rahbarlari yigʻilishida.

ShHT Hukumat rahbarlari kengashining Toshkent majlisi
Toshkent shahrida 2 noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining oʻn sakkizinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

2020 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasi eʼlon qilindi
Moliya vazirligi 2020 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasini eʼlon qildi. Davlat daromadlari — 128,4 trln soʻm, xarajatlar — 131,1 trln soʻm.

Bank-moliya akademiyasi Oʻzmilliybank tasarrufiga oʻtkazildi
“Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, soliq-byudjet siyosati va 2020 yilga moʻljallangan parametrlar koʻrib chiqildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 oktyabr kuni makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga moʻljallangan parametrlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
