Oshirilgan miqdordagi non kompensatsiya pullari kimlarga toʻlanmoqda?
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrdagi «Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʻliq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 866-son qaroriga asosan un narxini davlat tomonidan nazorat qilish toʻxtatildi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrdagi «Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʻliq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 866-son qaroriga asosan un narxini davlat tomonidan nazorat qilish toʻxtatildi. Shu bilan birga, fuqarolarni ushbu amaliyotning keskin taʼsirlaridan saqlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish maqsadida 2019 yil 1 oktyabrdan un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiyasi 22 300 soʻmdan 50 000 soʻmga oshirildi.
Xususan, Respublika boʻyicha jami 1,7 mln. nafar fuqaroga toʻlanayotgan pul kompensatsiyasi miqdori oshirildi.
Shuningdek, pul kompensatsiyasi oluvchi toifalar soni 2 taga koʻpayib, 11 toifaga yetkazildi, yaʼni 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab qoʻshimcha ravishda 64,9 ming nafar fuqaro hamda 218,1 mingta oilaga ilk marotaba pul kompensatsiyasi joriy qilindi.
Kompensatsiya oluvchilar soni nechta?
Pensiya jamgʻarmasi orqali pul kompensatsiyasi oluvchilar soni 1,4 mln. nafarni tashkil etdi.
Concrete
Mahalla fuqarolar yigʻinlari orqali pul kompensatsiyasi oluvchilar soni 514,4 ming nafarni tashkil etmoqda.
Concrete
Natijada bugungi kunga kelib pul kompensatsiya oluvchi aholi qatoriga qoʻshimcha ravishda ikki toifa qoʻshilishi natijasida pul kompensatsiyasi oluvchilari soni 18,5%ga oshib, 2,0 mln. nafarni tashkil etmoqda.
Kompensatsiya toʻlovi uchun qancha mablagʻ sarflanmoqda?
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan shu yilning oktyabr-dekabr oylarida pul kompensatsiyalarini yangi miqdorlarda toʻlash uchun, qoʻshimcha tarzda 189 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻ ajratildi (Pensiya jamgʻarmasi tomonidan tayinlangan pensiya va nafaqa oluvchilari uchun 125 mlrd. soʻm va maxallalar tomonidan tayinlanadigan nafaqalar va moddiy yordam oluvchilar uchun 64 mlrd. soʻm).
Umumiy hisobda non kompensatsiyalari toʻlovi uchun 2019 yilda respublika byudjeti hisobidan 604 mlrd. soʻm ajratilgan.
Kompensatsiya toʻlovi qanday amalga oshirildi?
Pensiya jamgʻarmasi tomonidan 3 oktyabr sanasida oktyabr oyi pul kompensatsiyasi uchun (22 300 soʻmlik miqdorda) toʻlov vedomostlari shakllantirilib, Xalq banki va tijorat banklari tomonidan toʻlovlar amalga oshirilganligi sababli, oshgan miqdorlari farqi (yaʼni, 27 700 soʻm) boʻyicha 15 oktyabrda qoʻshimcha vedomostlar tuzilib, oyning 27 sanasiga qadar toʻlanishi taʼminlandi.
Shuningdek, kompensatsiya toʻlovi yangi joriy etilgan eng kam yoshga doir pensiya (436 150 soʻm) miqdorida pensiya oluvchilarga 2019 yil 1 oktyabrdan kompensatsiyalar tayinlanib, noyabr oyi vedomostiga 100 000 soʻm miqdorida (yaʼni, oktyabr va noyabr oylari uchun 50 000 soʻmdan) kiritildi.
Qarorga muvofiq pul kompensatsiyalari pensiya va nafaqa toʻlovlari bilan bir vaqtda amalga oshirilmoqda.
Mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan tayinlangan nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalarga oktyabr oyida 22 300 soʻm miqdorida pul kompensatsiyalari toʻlangan hamda oshgan miqdorlari farqi noyabr oyi bilan birga 77 700 soʻm miqdorida toʻlangan (yaʼni, 27 700 soʻm oktyabr oyi uchun qoʻshimcha va noyabr oyi uchun 50 000 soʻm).
Shuningdek, kompensatsiya toʻlovi yangi joriy etilgan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa oluvchi oilalarga 2019 yil 1 oktyabrdan kompensatsiyalar tayinlanib, noyabr oyi vedomostiga 100 000 soʻm miqdorida (yaʼni, oktyabr va noyabr oylari uchun 50 000 soʻmdan) kiritildi.
Mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan tayinlangan nafaqa va moddiy yordam oluvchi fuqarolarga pul kompensatsiyalari joriy yilning 10 noyabr sanasiga qadar toʻliq toʻlanishi taʼminlandi.
Kompensatsiyalar qanday nazoratga olingan?
Pensiya jamgʻarmasida pensiya va nafaqa oluvchilarning yagona elektron bazasi yaratilgan boʻlib kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga pul kompensatsiyalar avtomatik ravishda tayinlanadi.
Shuningdek, har oyning 3 sanasiga qadar toʻlov vedomostlari dasturiy majmua orqali shakllantirilib, tijorat banklari hamda Xalq bankiga elektron shaklda yuboriladi. Bank plastik kartlari orqali oluvchilarning hisob raqamlariga kompensatsiyalar inson omilisiz har oyning boshida avtomatik ravishda yuklanadi.
Toʻlovlarni naqd pul shaklida oluvchilarga kompensatsiyalar Xalq banki sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar bilan birga yetkaziladi. Bunda, fuqaroga kompensatsiya toʻlanganda Xalq banki sayyor kassasi xodimi tomonidan dasturiy majmuaga maʼlumot kiritiladi hamda Pensiya jamgʻarmasi tomonidan avtomatik ravishda pensionerning telefon raqamiga bu haqda SMS xabar yuboriladi. Bu orqali fuqaroga SMS xabar kelgan biroq, kompensatsiya toʻlanmaganligi holatlari aniqlanadi.
Bundan tashqari, Pensiya jamgʻarmasi tomonidan har oyda navbatga asosan pensiya va nafaqa oluvchilar fuqarolar bilan uchrashilib, toʻlov holatlari monitoringdan oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Monitoringlarda aniqlangan holatlar boʻyicha hujjatlar oʻrnatilgan tartibda chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga berib boriladi.
Shu bilan birga, pul kompensatsiya toʻlovi bilan bogʻliq savollar boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi (1140 raqamli) yoki Xalq bankining (1106) “Ishonch telefon”lariga murojaat qilish mumkinligini eslatib oʻtamiz.
Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

