MOMIH Dasturining 18 Vazirlar konferensiyasi yakunlandi
Toshkentda, oʻz platformasida dunyoning 20 ta mamlakatidan 180 ta delegatlar – hukumatlar, vazirliklar, idoralar va xususiy sektor, 8 ta xalqaro moliya institutlari va 10 ta xalqaro hamkorlik tashkilotlari vakillarini birlashtirgan, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik Dasturining (MOMIH) 18-chi vazirlar konferensiyasi oʻz ishini yakunladi.

Toshkentda, oʻz platformasida dunyoning 20 ta mamlakatidan 180 ta delegatlar – hukumatlar, vazirliklar, idoralar va xususiy sektor, 8 ta xalqaro moliya institutlari va 10 ta xalqaro hamkorlik tashkilotlari vakillarini birlashtirgan, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik Dasturining (MOMIH) 18-chi vazirlar konferensiyasi oʻz ishini yakunladi.
Mintaqaviy hamkorlik oʻz ichiga keng koʻlamli oʻzaro aloqalarni qamrab oladi: davlat organlari, korxona va fuqarolarga qoʻshma korxonalar, savdo uylarini tashkil etgan va hamkorlikning yangi istiqbolli mexanizmlarini izlash, istiqbolli gʻoyalarni joriy qilish maqsadida ishbilarmon doiralar biznes forumlarini oʻtkazgan holda, oʻzaro savdoni koʻlamini oshirish va kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish borasida tashabbuslarni namoyon qilish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.
Konferensiya davomida energetika sohasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarni belgilab beruvchi MOMIH 2030 energetika strategiyasini tasdiqlanishi muhim muvaffaqiyat boʻldi. Ushbu yoʻnalishlar qatorida – mamlakatlar energiya tizimlarini oʻrtasida oʻzaro aloqalarni mustahkamlash orqali mintaqaviy energiya xavfsizligini oshirish, energetika bozorlarini liberallashtirish va MOMIH ishtirokchi davlatlarning energetika sohalarini isloh qilish orqali qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilish hamda butunjahon hamjamiyati oldida turgan, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etish chaqiriqlari va vazifalariga javob beradigan ertangi kun energiya tizimilarini shakllantirish maqsadida, innovatsiyalar va ekologik xavfsizlikka eʼtiborni qaratish oʻrin olgan.
Tadbir davomida tasdiqlangan MOMIH 2030 transport strategiyasida mustahkamlangan mintaqaning transport infratuzilmasini tizimli va izchil rivojlantirish, shubhasiz, MOMIH Dasturi muvaffaqiyatining asosiy sharti boʻlib, mintaqani xalqaro savdo-iqtisodiy markazlar bilan bogʻlashga va tranzit salohiyatini amalga oshirishga undab, oʻz navbatida, transport loyihalariga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilinishini taʼminlab, savdo toʻsiqlarini bartaraf etish hamda vaqt va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish hisobiga savdo xajmlarini oshirish uchun sharoit yaratadi.
Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning eng muhim sektorlaridan biri boʻlgan turizm sohasi loyihalarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qoʻllash istiqbollari boʻyicha koʻp tomonlama tasavvurni shakllantirishda katta yutuqlarga erishildi. MOMIH 2030 yilgacha turizm strategiyasi va 2021–2025 yillarga moʻljallangan turizmga investitsiyalar jalb qilish mintaqaviy mexanizmini ishlab chiqishda OTB tomonidan texnik yordam koʻrsatilishi qayd qilib oʻtildi.
Konferensiya yakunida MOMIH ishtirokchi davlatlari vazirlarining imzolangan qoʻshma bayonoti mintaqadagi davlatlarning savdo-iqtisodiy munosabatlarining oʻsib borayotgani, Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlanishini hamda dasturning yoʻnalishlari va ish sohalari kesimida MOMIH 2030 strategiyasini amalga oshirishda erishilgan yutuqlarni xarakterlovchi ijobiy mintaqaviy istiqbollarni mustahkamladi.
Shuningdek, hujjat bilan, MOMIHning 2030 yilgacha iqtisodiy hamjihatlik va savdo, turizm, qishloq xoʻjaligi va inson taraqqiyoti boʻyicha kompleks strategiyasini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha harakatlar belgilandi.
Tadbir yakuni bilan, OTB vitse-prezidenti Sh.Chen ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov
ushbu tadbirning amaliy natijalari mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va iqtisodiy diversifikatsiya katalizatori hisoblanuvchi MOMIH Dasturining kelgusida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zamin yaratganini qayd etdi hamda Oʻzbekiston Hukumati uchun joriy yilda oʻz zimmasiga MOMIHga raislik qilish va barcha rejalashtirilgan tadbirlarni munosib darajada amalga oshirish uchun barcha harakatlarni amalga oshirish katta sharaf ekanligini yana bir bor taʼkidlab oʻtdi.
Kelgusi yil MOMIH Dasturining 20 yilligini nishonlash shafeligida boʻlib oʻtadi, raislik qilish esa belgilangan tartibga koʻra Afgʻonistonga topshiriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

