Наука
394 ta material

Bojxona yigʻimlarining yangi stavkalari tasdiqlandi
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun maʼmuriy javobgarlik oʻrniga moliyaviy chora sifatida bojxona yigʻimi joriy etiladi.

Tadbirkorlarni tekshirishning amaldagi tartibi bekor qilindi
Qator qonun hujjatlari talablari Soliq kodeksiga moslashtirildi. Endi tadbirkorlarni tekshirish “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi.

Mehnat migranti oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga tenglashtiriladi, endi u qaysi soliqlarni toʻlaydi?
Agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar Oʻzbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlashning hojati yoʻq.

Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasini kamaytirish uchun Xitoy tajribasidan foydalanish taklif qilindi
Xitoyda kambagʻalikka qarshi kurashishda davlat boshqaruv apparati xodimlaridan jami 2,9 million davlat xizmatchilari kambagʻal qishloqlarga safarbar etilgan. Natijada, 800 million fuqaro kambagʻallikdan chiqarilib, Xitoyda kambagʻallik darajasining 94 foizga kisqarishiga olib keldi.

Yangi tartiblar, oshirilayotgan maoshlar va bekor boʻlayotgan imtiyozlar: 1 noyabrdan nimalar oʻzgardi?
Sogʻliqni saqlash vazirligi va hududiy boshqaruv organlari xodimlariga koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi.

Sayyor qabullar: sirdaryoliklarning 600 dan ziyod murojaati joyida yechim topdi
Joriy yilning 26-27 oktabr kunlari Guliston, Shirin, Yangiyer shaharlari va Sirdaryo tumanida Prezident administratsiyasi, Xalq qabulxonalari boshchiligida 20 ga yaqin vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida tashkil qilingan sayyor qabullarda viloyatning barcha hudud aholisi qamrab olindi.

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi
Ushbu qaror real foiz stavkalar ijobiyligini saqlab qolish, yuzaga kelgan vaqtinchalik inflyasion xatarlar fonida, iqtisodiy faollikni yanada ragʻbatlantirish uchun qulay sharoitlarning yaratilishi va oʻrta muddatli davrda inflyasiya dinamikasining yanada sekinlashishi oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashga qaratilgan.

Eksportoldi moliyalashtirish uchun kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi
Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.

Aziz Voitov 84 nafar xodimning mehmonxonada oʻtkazgan kunlari uchun byudjet mablagʻlaridan bir soʻm ham ishlatilmaganligini izohlab berdi
Investitsiya va tashqi savdo vazirligining 84 nafar xodimi Toshkent shahrida joylashgan Inter Hotel (sobiq Intercontinental) mehmonxonasida 22 sutka yashab, 918 million 677 ming 500 soʻm toʻlov amalga oshirgani haqidagi xabarni vazirlik masʼul xodimi izohladi.

Soliq organiga deklaratsiya topshirish orqali kontrakt toʻlovida soliq chegirmasidan foydalanish mumkin
Toʻlov oylik ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda, soliq organiga jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi
2021 yil 1 yanvardan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining rahbar xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda toʻlanadigan ustama haqi bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida toʻlanadi.

Isteʼmolchilar kayfiyatini aniqlash boʻyicha sentyabr oyi soʻrov natijalari eʼlon qilindi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aholi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalarini eʼlon qildi, u isteʼmolchilarning kayfiyatini aks ettiradi.

BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida 2030 yilga borib Oʻzbekistonda kambagʻallikni ikki barobarga qisqartirish masalasi qoʻyilgan
12 oktyabr kuni “Yuksalish” umummilliy harakati hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xalqaro munozara klubi doirasida “Pandemiya davrida aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash: Oʻzbekiston va Germaniya tajribasi” mavzusidagi ikkinchi uchrashuvini tashkil etdi.

Sherzod Saparov: “Temir daftar”ga kiritish paytida mahalla raislari muayyan yordam oluvchilarni eʼtiborsiz qoldirgan
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi oʻrinbosari Sherzod Saparov “temir daftar”ga kiritish paytida mahalla xodimlari va sektorlar rahbarlari bir necha yil davomida toʻplangan mol-mulk (transport vositalari, koʻchmas mulk va boshqalar) asosida moddiy ahvolni baholashgani, ular oilalarning daromadsiz qolganini inobatga olishmagani haqida gapirdi.

Shavkat Mirziyoyev: Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda Oʻzbekiston ovozi jaranglashi kerak
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda, ayrim tadbirkorlar xalqaro brendlar bilan bir xil nomni roʻyxatdan oʻtkazib olgani sababli xorijiy investitsiya kelishiga toʻsiq boʻlayotgani tanqid qilindi.

Alisher Usmonov Oʻzbekistonda rus-tilini oʻqitish darajasini yaxshilashga moliyaviy yordam koʻrsatmoqda
2021 yilda 100 nafar rossiyalik mutaxassis mamlakatimizga kelishi rejalashtirilgan. Oʻzbekistonga yoʻnaltirilgan mutaxassislar soni har yili 100 nafarga koʻpayadi.

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi Oʻzbekistoning suveren kredit reytingi bahosini VV- (barqaror) darajada saqlab qoldi
COVID-19 global pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi reytingining barqarorligi davlatning mustahkam tashqi va fiskal zaxiralarning mavjudligida, diversifikatsiyalangan tovarlar eksporti bazasida hamda tashqi moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyatlarida aks etadi.

Oʻzbekistondagi birinchi ŠKODA avtomobili ŠKODA KODIAQ boʻladi (+video)
“Oʻzbekiston avtomobil sanoatining monobrend paradigmasidan jadal chetlanishi, shuningdek buni bozor omillari taqozo qilganligi yaxshi yangilik sanaladi» deb qayd etdi “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari Sardor Tadjiyev.

Bir yil oldin ITM Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi shaklida qayta tashkil etildi
Oʻtgan yil davomida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 300 ga yaqin analitik materiallar, tahlillar, hisobotlar va takliflar, 160 dan ortiq tahliliy maqolalar xorijiy ommaviy axborot vositalarida nashr etildi.

Korporativ ijtimoiy masʼuliyat toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar sonining koʻpayishi garovimi?
Ekspert Malika Sharipova fikri buyicha: "Koʻrinib turibdiki, Oʻzbekiston TTXI jalb qilish uchun ishlatilmayotgan imkoniyat va oʻsish nuqtalariga eʼtibor qaratishi lozim. Bu masalada Korporativ ijtimoiy masʼuliyat (KIM) ning oʻrniga urgʻu berishni istar edim".

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari COVID-19 pandemiyasining oziq-ovqat xavfsizligiga taʼsiri haqida (+video)
Obid Xakimov, BMT Oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dongyu taqdim etgan maʼlumotlarga havola qilgan holda ayrim davlatlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari eksportini cheklash boʻyicha amalga oshirgan siyosati samarasiz ekanligi va bu keng koʻlamli gumanitar inqirozga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Temur Ishmetov 2020 yilning 1-yarim yilligida Davlat byudjeti qanday sarflangani haqida hisobot berdi
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020 yilning 1-yarim yilida oʻtkazilgan 2 584 ta nazorat tadbirlaridan 2 021 tasida (78 %) 1 trln 298 mlrd soʻm miqdorida qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlarining ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarga qoʻshgan hissasi Dushanbe shahrida muhokama qilinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, akademik Akmal Saidov Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, «Maʼno» markazi, JIDU, Toshkent davlat madaniyat va sanʼat instituti, Davlat konservatoriyasining yetakchi mutaxassislaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasiga boshchilik qiladi.

Moliya vazirligi: Joriy yilning I yarim yilligida davlat tashqi qarzi 1,6 mlrd. dollarga oshdi
Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzi holati va dinamikasi sharhini eʼlon qildi.

Davlat soliq qoʻmitasi: Oʻzbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln soʻmni tashkil etdi
Agar har bir isteʼmolchi tomonidan chek talab qilinsa, xufiyona iqtisodiyot ulushi qisqarishi barobarida, soliqlardan boʻyin tovlash holatlari kamayib, byudjet tushumlari oshib boradi.
