| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi137 marta oʻqildi

Soliq organiga deklaratsiya topshirish orqali kontrakt toʻlovida soliq chegirmasidan foydalanish mumkin

Toʻlov oylik ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda, soliq organiga jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq organiga deklaratsiya topshirish orqali kontrakt toʻlovida soliq chegirmasidan foydalanish mumkin

Oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish (oʻzining, 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun toʻlov amalga oshirilganda, toʻlov qilingan qismi daromad soligʻidan ozod etiladi.

Bunda soliq chegirmasi oʻqish uchun toʻlov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

  • oʻz mablagʻlari;

  • jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari;

  • yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablagʻlari (ssudalar).

Toʻlov oylik ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda, soliq organiga jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq chegirmasiga boʻlgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

  • talaba bilan oliy oʻquv yurti oʻrtasida toʻlovli-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi;

  • tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

  • oliy oʻquv yurtlari hisob raqamiga pul mablagʻlarini mustaqil toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

  • pasport nusxasi va taʼlim oluvchining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ