Moliya vazirligi: Joriy yilning I yarim yilligida davlat tashqi qarzi 1,6 mlrd. dollarga oshdi
Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzi holati va dinamikasi sharhini eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 iyul holatiga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati

Odilbek Isoqov: Olinayotgan tashqi qarzlar xalqning hayotini yaxshilash maqsadida sarflanyapti
ostida jalb qilingan qarz qoldigʻi dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 19,4 mlrd. dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 34,0 foizni tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, 7 sentyabr kuni AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Moliya vaziri oʻrinbosari Odilbek Isoqov tashqi qarz masalasi keng muhokamalarga sabab boʻlayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi va buni ijobiy ekanligini taʼkidladi. Shuningdek, Odilbek Isoqov olinayotgan tashqi qarzlarning qayerga, qanday sarflanayotgani jamoatchilik nazoratida boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Xususan, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, joriy yilning I yarim yilligida davlat tashqi qarzi 1,6 mlrd. dollarga yoki yil boshiga nisbatan 10,5 foizga oshib, joriy yilning 1 iyul holatiga 17,31 mlrd. dollarga yoki YaIMga nisbatan 30,3 foizga yetdi.
Shundan:
- Hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz - 11,6 mlrd. dollar;
- Hukumat kafolatlagan tashqi qarz – 5,7 mlrd. dollar.
Davlat ichki qarzi dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 21,6 trln. soʻmni (2,1 mlrd. dollar) yoki YaIMga nisbatan 3,7 foizni tashkil etdi.
Shundan:
- Hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz – 4,3 trln. soʻm (0,4 mlrd. dollar);
- Hukumat kafolatlagan ichki qarz – 17,3 trln. soʻm (1,7 mlrd. dollar).
Rasm 1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qarzi dinamikasi
(mlrd. AQSh dollari)

Maʼlum qilinishicha, davlat qarzining soʻngi yillardagi oʻsishi dinamikasiga qaramay, xalqaro meʼyorlarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzi (YaIMga nisbatan - 34,0 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YaIMga nisbatan - 30,3 foiz) moʻʼtadil darajada saqlanib qolmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat tashqi qarzi portfeli valyuta tarkibining 69,4 foizi - dollar, 11,9 foizi - yapon iyenasi, 10,7 foizi – SDR (maxsus qarz olish huquqlari), 4,5 foizi – yevro, 3,5 foizi - boshqa valyutalardagi tashqi qarz hissasiga toʻgʻri keladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

