Shavkat Mirziyoyev: Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda Oʻzbekiston ovozi jaranglashi kerak
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda, ayrim tadbirkorlar xalqaro brendlar bilan bir xil nomni roʻyxatdan oʻtkazib olgani sababli xorijiy investitsiya kelishiga toʻsiq boʻlayotgani tanqid qilindi.

12 oktyabr kuni davlatimiz rahbari raisligida intellektual mulk obʼyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda mahalliy tovar belgilarini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish masalasiga eʼtibor qaratildi.
Bugungi kunda mamlakatimiz sanoatining bor-yoʻgʻi 72 ta tovar belgisi xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilgan. Lekin bu juda kam. Aslida esa imkoniyatlar talaygina.
Masalan, Chust pichogʻi, Samarqand noni, Margʻilon adrasi, Sherobod anori, Oltiariq va Parkent uzumi, Xorazm qovuni, Surxondaryo xurmosi kabi mashhur brendlarni hududiy mansubligi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazib, xalqaro bozorda faol targʻib qilish mumkin.
Tadbirkorlar mahsulotlarini brendga aylantirish dasturi va elektron maydonchasini ishlab chiqib, hududlarda brendlar yarmarkasi oʻtkazish zarurligi qayd etildi.
«Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda Oʻzbekiston ovozi jaranglashi kerak, brendi boʻlsagina mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda mustahkam oʻrin egallay oladi», deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.
Ayrim tadbirkorlar xalqaro brendlar bilan bir xil nomni roʻyxatdan oʻtkazib olgani sababli xorijiy investitsiya kelishiga toʻsiq boʻlayotgani koʻrsatib oʻtilib, bunday holatlarni tartibga solish yuzasidan koʻrsatma berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

