| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi170 marta oʻqildi

Bojxona yigʻimlarining yangi stavkalari tasdiqlandi

Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun maʼmuriy javobgarlik oʻrniga moliyaviy chora sifatida bojxona yigʻimi joriy etiladi.

Bojxona yigʻimlarining yangi stavkalari tasdiqlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan bojxona yigʻimlari stavkalari tasdiqlandi. Yangi bojxona yigʻimlari stavkalari quyidagilarni nazarda tutadi:

  • davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlarini kengaytirish hamda qatʼiy belgilangan bojxona yigʻimlari stavkalari belgilanadi;

  • ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bogʻliq ayrim turdagi bojxona yigʻimlari bekor qilinadi va ular xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;

  • tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yigʻimi stavkalari pasaytiriladi;

  • bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun maʼmuriy javobgarlik oʻrniga moliyaviy chora sifatida bojxona yigʻimi joriy etiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ